Kontent qismiga oʻtish

Goʻzallik

Vikiiqtibosdan olingan
Goʻzallik

Qardosh loyihalar

Goʻzallik — estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, quvonch, zavq, erkinlik tuygʻulari hosil qilishga qodir boʻlgan xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Bemaʼni goʻzallik — goʻzallik emas. Befahm sohibjamolga tikil: yuzidagi har bir belgiga, jilmayishi, qarashlariga razm solib koʻrsang — uning goʻzalligi bora-bora aqlni tang qoldiradigan darajadagi bemaʼnilikka aylanadi[1].

Goʻzal, kelishgan qad-qomat, koʻrkam qiyofa, xushovozli kishining oshigʻi olchi boʻlishi mumkin. Lekin goʻzallikka ortiqcha baho berib yuborish yaramaydi: boshqa fazilatlar bilan uygʻunlashmagan goʻzallik zarar keltirishi ham mumkin[1].

Goʻzallik baʼzi xislat va belgilardan iborat emas, balki umumiy qiyofada va unda hayot mohiyati qay daraja aks etishidadir[1]

Goʻzallik — bu qisqa muddat hokimlik qiladigan qirolichadir[1].

— Suqrot

Goʻzallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va isteʼdodga ega[2].

Goʻzallik ham ulugʻ neʼmat boʻlib, u har kimsaga ham berilavermaydi.

Goʻzallik — haqiqiy baxt-saodat va rasmana qahramonlik boʻlib, u balandparvoz soʻzlarga muhtoj emas[2].

Goʻzallik har yerda intiq kutilgan mehmondir[2].

Goʻzallik manmanlikni tugʻdiradi[1].

Goʻzal yuz koʻz nurini oshiradi.

Ikki narsa kishi qoʻlida boʻlsa uvol: goʻzallikka magʻrur boʻlgan kishiga berilgan husn, ikkinchisi – goʻzallik qadrini bilmaydigan kishiga tushib qolgan xotin[3].

Kamtarlik bilan yoʻgʻrilgan goʻzallikkina goʻzallik deya atalishga haqli. Kamtarligi boʻlmagan goʻzallik — goʻzallik emas, shunchaki xushbichimlikdir[1].

Kishida ikki goʻzallik boʻlib, ular ichki va tashqi goʻzallikka boʻlinadi. Tashqi goʻzallikka kishining barcha aʼzolari, masalan, koʻz, quloq, qosh, lab, ogʻiz, qoʻl, oyoq, qomat kiradi. Ichki goʻzallik esa kishining yoqimli xulqlar bilan bezanishidir. Bu xulqlar muloyimlik, saxovat, shijoat, ilm, kamtarlik, iffat va shunga oʻxshashlardir![3]

Maʼnosiz joyda goʻzallik boʻlishi mumkin emas[1].

Oti goʻzalning oʻzi ham goʻzal boʻlavermaydi.

Tashqi goʻzallik oʻzining pinhoniy ichki olami bilan yanada qimmatlidir. Kitob muqovasi zarhalli boʻlibgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng boʻlsa, u alohida ahamiyat kasb etadi[1].

Oʻta goʻzallik, eng dilbar tashqi qiyofa ham agar hech kim shaydo boʻlmasa uch pul[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Voronsov 1989, s. 45.
  2. ↑ 2,0 2,1 2,2 Voronsov 1989, s. 44.
  3. ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 215.
  4. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 223.

Adabiyotlar

[tahrirlash]