Kontent qismiga oʻtish

Gustave Flaubert

Vikiiqtibosdan olingan
(Gyustav Floberdan yoʻnaltirildi)
Gustave Flaubert

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 12-dekabr 1821
Ruan
Vafoti 8-may 1880
Croisset
Qardosh loyihalar

Gustave Flaubert (talaffuzi: Gyustav Flober; 1821. 12.12, Ruan 1880.8.5, Kruasse, Ruan yaqinida) — fransuz yozuvchisi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Yozuvchining butun isteʼdodi oxir-oqibat soʻz tanlashi bilan oʻlchanadi[1].
  • Dramatik sanʼat musiqaga oʻtgan geomet­riyadir[1].
  • Ayollar erkaklarni buyuk ishlarga ilhomlantiradilar, biroq ularni amalga oshirgani vaqt qoldirmaydilar[1].
  • Kitob — tirik jon. Begona qoʻl bilan qilingan har qanday jarrohlik amaliyoti, har qanday oʻzgarish uni mayibga aylantiradi. Balki u yaxshilanar, lekin baribir ilgarigi kitob boʻlmaydi![1]
  • Agar reja juda uzoq vaqt va sinchiklab tuziladigan boʻlsa, u oxir-oqibat yoʻq boʻladi[1].
  • Umidsizlanganingda hamisha umid qilishing, umidlanganingda esa shubhalanishing kerak[1].
  • Vijdonni toza saqlash uchun uni boshqalarning vijdonidan baland tutish kerak[1].
  • Agar isteʼdodingni qadrlasang, ommani maftun etadigan vositalar ketidan chopmaysan[1].
  • Anglash ishtiyoqi — yorugʻ qalblar uchun buyuk quvonchlar manbaidir[1].
  • Statistika — noaniq fanlarning eng anigʻidir[1].
  • Xotirjam boʻlish — hazilakam gap emas, bu — deyarli baxtli boʻlish demakdir[1].
  • Bahslashish tushunishdan koʻra osonroq[1].
  • Omadsizlikka uchragan yeringda bir ahmoqning muvaffaqiyat qozonayotganini koʻrishdan koʻra ogʻirroq kamsitish yoʻq[1].
  • Yolgʻizlikni xotiralar bilan toʻldirib boʻlmaydi, ular tanholikni chuqurlashtiradi, xolos[1].
  • Yaxshi yozilgan asar hech qachon zeriktirmaydi. Uslub — hayotning oʻzi, u fikrlarning yugurik qonidir[1].
  • Yozuvchi salohiyatining bosh belgisi — nimani yozmaslikni bilishidir[1].
  • Muhabbat baxt berishi kerak. Baxt yoʻqmi, demak, adashibsan[1].
  • Fikrning aniqligi ifodaning aniqligiga zamin yaratadi[1].
  • Mavzu tanlanmaydi. Shoh asarning siri shunda: mavzu — yozuvchining mijozi ifodasidir[1].
  • Nimaki goʻzal ekan — u axloqiydir[2].

Manbalar

[tahrirlash]

Adabiyotlar

[tahrirlash]