Kontent qismiga oʻtish

Hofiz Xorazmiy

Vikiiqtibosdan olingan
Hofiz Xorazmiy
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi XIV
Xorazm
Vafoti XV
Qardosh loyihalar

Hofiz Xorazmiy (taxallusi; asl ismi Abdurahim; XIV asrning 2-yarmi, Xorazm – XV asrning 30–40-yillari, Sheroz) – shoir.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Aql ila ishq xargiz tuz kelmadi bu yoʻlda,
    Oshiq qoshinda sigʻmas chun zohidi muvasvas[1].
  • Bulbul chekadur hazor nola,
    Gul yonina chunki xor bordir[2].
  • Doʻstlar soʻzi doston boʻldi,
    Doʻstsiz doston jahonda qani?[3]
  • Javru jafo yoʻqturur ishqda,
    Ayni vafo turur qamu ozori ishq[1].
  • Kimdaki ishq bordur, zor taqi nizordur,
    Garchi gadoyi xordur, ishq ani podsho qilur[4].
  • Muhabbat mulkina kim boʻlsa vosil,
    Boʻlur ul maʼno ichra piri komil.
    Muhabbat mulkini izla odam ichra,
    Uyub qolma bu olam ichra gʻofil[5].
  • Oshiqi sodiq esang jonon uchun jon oʻynagʻil,
    Necha mushkil boʻlsa jon uynamoq, oson oʻynagʻil.
    Chunkim aylading jigar biryon muhabbat oʻtina,
    Boshni bir yon solgʻilu joningni biryon oʻynagʻil[1].
  • Qachonkim shod esang, gʻamlina rahm et,
    Agar sulton esang, miskina rahm et[6][7].
  • Tilamagil jahondin nushdoru,
    Asalning taʼmi chun orqamda yoʻqtur.
    Vafo izlama har mujrimdin, ey doʻst,
    Vafo holi chun har mujrimda yoʻqtur[8].
  • Tilarman doimo bedor anikim,
    Saodat doimo bedor yaxshi[9].
  • Yigʻlasa oshiq kulari, bas, mahol,
    Kulsa taqi bilgil yalgʻon kular[4].
  • Gʻofil ellar oshiq oʻla bilmadi,
    Ishqkim maning bikin nodon tilar[8].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 85.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 223.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 49.
  4. 4,0 4,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 89.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 86.
  6. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  7. Tursun 2006, s. 110.
  8. 8,0 8,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 87.
  9. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 129.

Adabiyotlar

[tahrirlash]