Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-u saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik qilish.
Axloqiylik aql kuchining tuygʻu kuchiga insbatliligi demakdir. Tuygʻu qanchalik kuchli boʻlsa va aql unga qanchalik yaqin tursa, kishining odamgarchiligi shu qadar kuchli. Aqlni toʻldiradigan va oʻtmaslashtiradigan tuygʻular bor va ayni zamonda tuygʻular harakatini sovitadigan aql ham mavjud[1].
Birov senga muayyan bir mehnatni singdirsa, U mehnatni unutma, misli oʻlik boʻlma. Ey asl kishi, odamgarchilikni qoʻyma, Kishilarga doim odamgarchilik qilib tur. Kel mol degan nom olma, odamgarchilik qil. Odamga odam boʻl, odamgarchilik qil[2].
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.