Kontent qismiga oʻtish

Insonparvarlik

Vikiiqtibosdan olingan
Insonparvarlik
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolar

Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-u saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik qilish.



  •  

Birov senga muayyan bir mehnatni singdirsa,
U mehnatni unutma, misli oʻlik boʻlma.
Ey asl kishi, odamgarchilikni qoʻyma,
Kishilarga doim odamgarchilik qilib tur.
Kel mol degan nom olma, odamgarchilik qil.
Odamga odam boʻl, odamgarchilik qil[1].

  Yusuf Xos Hojib
  •  

Insoniyligi boʻlmaganning muloyimligi ham boʻlmaydi.

  Otalar soʻzi[2]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 166.
  2. Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 97.

Adabiyotlar

[tahrirlash]