Kontent qismiga oʻtish

Islom Karimov

Vikiiqtibosdan olingan

Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidentidir.

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari shart.

Nutqlardan

[tahrirlash]
  • Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda, avvalo hudud va mintaqalarimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarning samarasini oshirish, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘ta dolzarb muammolar, masalan, ishsizlik muammosini muhokama qilish yuzasidan Senat tomonidan tashabbuslar sezilmayapti.[1]
  • Yuqori palata nafaqat ayrim qonun buzilish holatlarini aniqlashi, balki qonun talablarining bajarilmasligiga, qonun normalarining amal qilinmayotganiga sabab bo‘layotgan omillarning tagiga yetishi zarur.[2]
  • Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushurish, ularni muqobil davlatlararo birlashmalarni shakllantirish bo‘yicha turli geosiyosiy kombinatsiyalarga tortishga astoydil urinishlar davom etmoqda. Bulardan maqsad o‘zining strategik manfaatlari yo‘lida mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarishdir.[3]
  • Bu yorugʻ olamda tili, dini va urf-odati turlicha boʻlgan yuzlab millat va elatlar yashaydi, lekin ularning barchasini birlashtiradigan qudratli bir vosita borki, uni boshqa hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi: bu — musiqa, bu — ohang, bu — tarona.[4]

Yosh avlod haqida

[tahrirlash]
  • Hali suyagi qotmagan farzandlarimizni oʻz holiga tashlab qoʻysak, tarbiyasi, ilmi va ma’naviyati bilan shugʻullanmasak, kelajakda ularning komil insonlar boʻlib yetishmogʻiga kim kafolat bera oladi? Biz jamiyatimiz, davlatimiz kelajagini kimlarning qoʻliga topshiramiz?

[5]

  • Hech qachon bo‘sh kelmang, aziz bolalarim, ertangi kun – kelajak sizniki![6]
  • Siz, yoshlarimizga, mening aziz farzandlarimga qaratib aytmoqchiman: boʻsh kelmang, azizlarim, davr bizniki, marra bizniki![7]

Ma’naviyat haqida

[tahrirlash]
  • Eng dahshatli narsa — bu fikr qaramligi, tafakkur qulligidir. Agar oddiy qilib aytadigan boʻlsak, xalqimizning "Yogʻochning boʻshini qurt yeydi", degan bir maqolini eslaylik. Xuddi shu kabi ma’naviyati qashshoq, oʻzining mustaqil dunyoqarashiga, fikriga ega boʻlmagan odamga har qanday makkor oʻz ta’sirini oʻtkaza oladi. [8]

Vatanparvarlik haqida

[tahrirlash]
  • Biz global siyosatga aralashmaymiz, lekin bu biz unda ishtirok etmaymiz degani emas. MDH va Rossiyaga kelsak, biz ular bilan ittifoqmiz, bu barcha sohalarni qamrab oladi, ammo O’zbekiston ruslarni global miqyosdagi siyosiy ambitsiyalariga uchmaydi, himoya qilmaydi ham...[Mustaqillikga erishish ostonasida asaridan. 2011]
  • Dunyoda bu qadar boy merosga ega boshqa xalq ham bormi? Qonimizda ana shunday buyuklar qoni oqar ekan, biz farovon va goʻzal turmush yaratish uchun beqiyos imkonimiz bor, desak boʻladi. [9]
  • Bu zaminda mustamlakachilikka qarshi kurash, milliy ozodlik va yurt mustaqilligini ta’minlash yoʻlida jon fido qilgan jasoratli kishilar dunyoga kelgan.[10]
  • Mustaqillik — bu eng avvalo XUQUQdir. [Mustaqillikga erishish ostonasida asaridan. 2011]

Kelajak haqida

[tahrirlash]
  • Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta’lim-tarbiyasini olgan shaxslar kerak. [11]
  • Yaxshi yashashni istar ekanmiz, biz tezroq eskilik sarqitlaridan, illatlaridan qutulishimiz lozim. [12]
  • Oʻzligini anglab etgan, qalbiga quloq solgan har bir inson oʻziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim etadi, degan savolni berishi kerak. [13]

Din haqida

[tahrirlash]
  • Koʻp asrlik islom tarixida yuksak ma’naviyat darajasi masjidlar soni bilan emas, balki qavmning iymoni va e’tiqodi butligi, mustahkamligi bilan oʻlchangan. [14]

Xalq haqida

[tahrirlash]
  • Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. [15]
  • Oʻzbek xalqi hech qachon hech kimga qaram boʻlmaydi. [Mustaqillikga erishish ostonasida asaridan. 2011]