Jacques Cousteau
Qiyofa
| Jacques Cousteau | |
|---|---|
![]() | |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
11-iyun 1910 Saint-André-de-Cubzac |
| Vafoti |
25-iyun 1997 17th arrondissement of Paris |
| Qardosh loyihalar | |
Jacques Yves Cousteau (talaffuzi: Jak Iv Kusto)(11-iyun 1910-yil; 25-iyun 1997-yil) — fransuz dengizchisi, okeanshunos, tadqiqotchi, ekolog, rejissor, suratkash, ixtirochi boʻlgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni muvaffaqiyat deyish mumkin.
- Agar mantiqqa bogʻlanib qolganimizda, kelajak bizga afsus-nadomatlar olib kelardi. Mantiqdan muhimroq narsalar bor. Biz odamlarmiz. Eʼtiqod va umidga egamiz, mehnat qila olamiz.
- Birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi.
- Haqiqiy boylik — hayotning oʻzi va qizgʻin faoliyatdir.
- Suvda yoki quruqlikda bajarayotgan amallarimizning qadr-qiymati boylikka intilish bilan emas, insonga hurmat koʻrsatish bilan baholanishi kerak. Dengiz ustida ham, tubida ham asosiy tashvishimiz insoniyatning kelajagi boʻlishi zarur.
- Bolalik — umrning eng mazmunli davri.
- Baliqning xatti-harakatlarini kuzatishning eng yaxshi yoʻli — baliq boʻlish.
- Girdob va hayot bir narsa ekanini unutib qoʻydik.
- Yer inson qoʻlidan butun tarixiga nisbatan XX asrda koʻproq aziyat chekdi.
- Odam ahmoqlik qilishni istaganidagina aqlidan foydalana boshlaydi.
- Dengiz — odamzotning yagona ilinji. Bu fikr har doimgidan koʻra bugun oʻz tasdigʻini topyapti — chunki barchamiz bitta qayiqdamiz.
- Men bir safar okean kasal, lekin hech qachon oʻlim toʻshagida boʻlmagan, degan edim. Okeanda oʻlik joy yoʻq — unda hamisha hayot hukmron. Lekin u yildan yilga kuchsizlanib boryapti.
- Agar tanlagan yoʻlimizdan ketaversak, bizni ochkoʻzlik adoyi tamom qiladi. Yoʻnalishni oʻzgartira olmasak, tez orada Yer yuzidan yoʻqolamiz, oʻrnimizni qurt-qumursqalar egallaydi.
- Qanchalik keng boʻlmasin, biror-bir akvarium, biror-bir sunʼiy suv havzasi dengizdagi tabiiy sharoitni yarata olmaydi.
