Kontent qismiga oʻtish

Jahongir Muhammad

Vikiiqtibosdan olingan
Jahongir Mamatov

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1-sentyabr 1955
Samarqand tumani
Qardosh loyihalar

Jahongir Muhammad, asl familiyasi Mamatov (1955-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik siyosat arbobi, tilshunos olim, yozuvchi va jurnalist[1].

Iqtiboslari

[tahrirlash]

30-sentyabr

[tahrirlash]

Muhtaram doʻstlar. 393-saylov okrugi, Jomboy. Mana inson huquqlari Deklaratsiyasi haqidagi tortishuvning oʻzi ham koʻrsatmoqdaki, bizda hali inson huquqlari juda koʻp poymol qilinadi. Axir, Shovruq Roʻzimurodov bizning oila aʼzoimiz-ku? Biz shu yerda bir oilamiz-ku? Uchta sessiya oʻtdi. Nega bir marta olib kelib eshitmadik? Qonunda yozib qoʻyibdi: agar sizning ruxsatingiz boʻlsa ana undan keyin qamash mumkin. Rayosat ortdan ruxsat berib yubordi, lekin qarorni olib kelib, bizga tasdiqlatgan emas. Shuning oʻzi bizga haqorat-ku? Nega endi biz oʻz shaʼnimizni himoya qila olmayapmiz? Ertaga shunday holat boshqa odamning boshiga tushadi. Hozir bu yerda har bir odamning ustidan oʻnlab papkalarni toʻldirib tuhmat, boʻhtonlar tayyorlab qoʻyilgan. Axir inson huquqlari har qadamda poymol boʻlmoqda. Mana men sizlarga aytay. Hali meni hech kim Oliy kengashdagi ishimdan boʻshatgan emas. Hali men shu yerdan oylik olayapman, ishlayapman. Lekin bir kechada saharlab mening stol-stulimni olib chiqib ketishsa, mening sessiyada soʻzlaydigan nutqimning matnlarini olib chiqib ketishsa, mening telefonlarimni uzib, olib ketishsa men daʼvomni kimga aytishim kerak? Kimning huquqi himoya qilinayapti? Kecha bu hol Shovruqning boshiga tushdi, bugun bu hol mening boshimga tushgan boʻlsa, ertaga boshqaning, sizning boshingizga tushadi. Mana shu yerda hatto inson huquqlari Deklaratsiyasini qabul qilmaylik, deya ovoz berib zulmni qoʻllaganlarning ham boshiga tushadi bu narsa. Endi oʻrganishimiz kerak. Inson huquqlari bor joyda taraqqiyot boʻladi, inson huquqlari poymol etiladigan joyda hech narsa boʻlmaydi. Islom Abdugʻaniyevich, siz bu dunyoda ustun emassiz! Yoki Oʻzbekistonni sizning onangiz yaratgan emas! Oʻzbekiston onangizning mahriga tushgani yoʻq-ku? Axir men majbur boʻldim chet elga ketish uchun ariza yozishga. Nima uchun quvgʻin qilasiz? Sizga bu haqni kim berdi?

Manbalar

[tahrirlash]