Kontent qismiga oʻtish

Qashshoqlik

Vikiiqtibosdan olingan
(Kambagʻallikdan yoʻnaltirildi)
Qashshoqlik
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari

Qashshoqlik, kambagʻallik — bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning iqtisodiy holatining oʻziga xos xususiyati boʻlib, bunda ular mehnat qobiliyatini saqlab qolish, koʻpayish kabi hayot uchun zarur boʻlgan minimal ehtiyojlarning maʼlum bir doirasini qondira olmaydilar.



  •  

Aqlli odam kambagʻal boʻlmaydi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Harom yegandan koʻra kambagʻal boʻlgan yaxshi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Kambagʻallik tanballik samarasi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Muhtojlik hiylalar eshigini ochadi.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Yalqovlik tufayli ishlamay kambagʻallashgan kishini barcha yomon koʻradi, doʻstlari ham undan uzoqlashadi, bolalari ham mensimay qoʻyadi, kambagʻallik barcha balolarning boshlanishidir[2]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan

  Qayum Nosiriy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 201.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 222.

Adabiyotlar

[tahrirlash]