Kontent qismiga oʻtish

Qashshoqlik

Vikiiqtibosdan olingan
Qashshoqlik

Qardosh loyihalar

Qashshoqlik, kambagʻallik — bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning iqtisodiy holatining oʻziga xos xususiyati boʻlib, bunda ular mehnat qobiliyatini saqlab qolish, koʻpayish kabi hayot uchun zarur boʻlgan minimal ehtiyojlarning maʼlum bir doirasini qondira olmaydilar.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aqlli odam kambagʻal boʻlmaydi.

Harom yegandan koʻra kambagʻal boʻlgan yaxshi.

Kambagʻallik – dunyoda ofat, oxiratda rohatdir. Boylik – dunyoda rohat, oxiratda ofatdir[2].

Kambagʻallar ham, boylar ham uchta narsani ixtiyor etishgan. Kambagʻallarning ixtiyor qilgan narsalari — nafsning rohati, qalbing yumshoq, hisobning yengil boʻlishi. Boylarning ixtiyori — nafsning charchashi, qalbning mashgʻulligi va qattiq hisob[3].

— Shaqiq Zohid

Kambagʻallik tanballik samarasi.

Kimning boʻshroq choʻntagi,
Tinchroq tepar yuragi[4].

Koʻpchilik yoqtirmaydigan oʻlim va kambagʻallik qanday ajoyib narsalardir! Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir neʼmatdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamman. Boy boʻlgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor[5].

Muhtojlik hiylalar eshigini ochadi.

Odamlar kambagʻallikni yomon koʻradilar, men yaxshi koʻraman. Ular oʻlimni yomon koʻradilar, men yaxshi koʻraman. Faqirlikni Rabbimga tavozeʼli va oʻlimni Rabbimga mushtoq boʻlganim uchun yaxshi koʻraman[6].

Odamni ikki ish halok qiladi: biri — xalq orasida izzatli boʻlishga intilmoq, ikkinchisi — kambagʻallikdan qoʻrqmoq. Har kishining koʻngli shikasta boʻlsa, shayton uning yaqiniga yoʻlamaydi[7].

Yalqovlik tufayli ishlamay kambagʻallashgan kishini barcha yomon koʻradi, doʻstlari ham undan uzoqlashadi, bolalari ham mensimay qoʻyadi, kambagʻallik barcha balolarning boshlanishidir[8].

Qayum Nosiriy, „Favoqih al-julaso“ asaridan

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 201.
  2. Tursun 2006, s. 73.
  3. Tursun 2006, s. 90.
  4. Tursun 2006, s. 89.
  5. Tursun 2006, s. 92.
  6. Tursun 2006, s. 91.
  7. Tursun 2006, s. 157.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 222.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]