Kontent qismiga oʻtish

Qalb

Vikiiqtibosdan olingan
(Koʻngildan yoʻnaltirildi)
Qalb

Qardosh loyihalar

Qalb (arabcha: قلب‎ – yurak, dil; oʻrtalik, markaz; lashkarning oʻrtasi) — islomda inson shaxsiyatining markazi hisoblanadi. Koʻngil, dil, yurak deb ham yuritiladi. Qurʼonda „qalb“ soʻzi 132 marta zikr qilingan. Qurʼon va hadislariga koʻra, qalb inson hayotida markaziy oʻrin egallaydi, yaxshilik va yomonlik, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarning manbai sifatida xizmat qiladi. Islomda Alloh insonning amallaridan koʻra koʻproq uning qalbidagi niyatlariga eʼtibor beradi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar bizni va roziligimizni istasang, buning koʻngillarni ishgʻol qilish bilan amalga oshishini unutma![1]

Agar sening koʻngling boʻlsa, koʻngil Kaʼbasini tavof ayla[2].

Allohga iymon keltirganimiz uchun ham koʻngilga eʼtibor beramiz, insonlarning koʻnglini olish, koʻnglini koʻtarishga, xayr-duosini olishga harakat qilamiz[3].

Alloh taolo bandasiga toza yurak va rostgoʻy tildan uluroq bir narsa ehson etmagandir[4].

Bandaning qalbi yomonlikdan poklanishi uchun unga solihlar bilan suhbatlashishdan ham foyda]liroq narsa yoʻq. Shuningdek, fojirlar bilan hamsuhbat boʻlishdan koʻra katta zarar yoʻq[5].

Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin,
Siniq koʻngillardan koʻproqdir tashvish[6][7].

Donolikdan mahrum koʻngil oʻlikdir. Ammo agar u bilim bilan boyitilsa, bamisoli qaqroq yerga yomgʻir yoqqanidek jonlanadi[8].

Eng yaxshi narsa Alloh taoloni unutmagan koʻngildir[9].

Goʻzal sifat va husni xulq siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar koʻrkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forigʻ boʻlmas[10].

Har narsaga bogʻlama koʻngil,
Koʻngil uzmoq juda ham mushkul[11].

Hayvon nuqta bilan, odam dil bilan bogʻlanadi[12].

Ibodatning asosi uch ustunga ega: koʻz, qalb, til. Koʻz — borlikdan ibrat olish uchun, qalb — tafakkur uchun, til — toʻgʻri soʻzni aytish va Allohni zikr etish uchundir[4].

— Abulhasan Zanjoniy

Jasad sogʻlomligi kam yotishda, qalb xotirjamligi kam gunoh qilishda[13].

Kim aʼzolarining nafsoniy orzulariga boʻyin egib, ularni shod etgan boʻlsa, bu – qalbiga nadomat niholini oʻtqazgan, deganidir[14].

Kimning qalbida uch narsa — halollik, qoʻrquv va iztirob boʻlmas ekan, doʻzax azobidan qutulmaydi[15].

Masʼuliyatsiz, kayf-u safo ichra yashash ishtiyoqi va gunohlar qalbni butunlay oʻrab oladi. Yaxshilik va haqiqat tuygʻulari endi qalbga qanday qilib kirsin?![16]

Menda shunday illat borki, ruhiyatimni muolaja qilmagunimcha boshqalar uchun koʻngil uyimni boʻshata olmayman[17].

Neʼmatlarning eng yaxshisi – harakat qilib erishilgani. Doʻstlarning eng yaxshisi – Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi – ichida mol-dunyo sevgisi boʻlmagani[18].

Notinch koʻngilga shirin uyqu kelmaydi.

Qalbdan chiqqan soʻz qalbga yoʻl oladi[20].

Qalbda pok tuygʻular va oxirat qoʻrquvi boʻlgan bir paytda nafsning havoyi orzulariga berilgan bir hayotkeladi-da, uning tinchliginibuzib, oʻziga bir joy ochmoqchi boʻladi[21].

Qalb kasallarini davolash besh ish bilan boʻladi: Qurʼonni tadabbur bilan (maʼnosini anglab) tilovat qilish, kechasi tahajjud namozi oʻqish, saharlarda Allohga yolvorish, doʻstlar bilan suhbat va kam yeyish[9].

Qalb koʻr boʻlganidan keyin koʻzning koʻrishligidan foyda yoʻqdir[22].

Qalbni dunyo egallasa, oxirat uni tark etadi[23].

Qalbning davosi beshtadir: solihlar bilan oʻtirish, Qurʼon qiroati, och yurish, kechalari ibodatda boʻlish, saharda tazarruʼ bilan duo qilish[24].

Qalbning qanaqaligini amal koʻrsatadi[22].

Qalb — tanada podshoh, aʼzolar esa uning lashkarlaridir. Demak, aʼzolar neki amal qilayotgan boʻlsa, hammasi qalb amri bilandir[25].

Qalb gʻaybga va maʼnaviy olamga, aql esa zohirga va moddiy olamga ochilgan darchadir. U holda birinchini ikkinchi bilan izlash – ahmoqlik, ikkinchini birinchi bilan izlash esa gʻaflat va nodonlikdir[26].

Qoʻling – mehnatda, diling – Allohda boʻlsin[27].

Salim qalb toza va sogʻlom boʻlib, u chin moʻminning qalbidir, chunki kofir va munofiqlarning qalbida illati bor[15].

Tamom umringizda har bir yomonlikdan va bekorchilikdan saqlaning. Inson oʻz uyining eshigini bekitib, vujudini saqlay oladi-yu, lekin qalbining eshigini bekitishdan ojiz boʻladi. Qalbiga qaygʻu, alam koʻp vaqt hujum qilib turadi[28].

Til — qalbning oynasi, qalb — ruhning oynasi[29].

Ulugʻlar dilni Allohning uyi, debdilar. Bir kishining dilini ranjitish – Allohning uyini buzish bilan barobardir[30].

Yuzing qora boʻlsa ayb emas, yuraging qora boʻlmasin.

Oʻn olti yildan beri toʻyib ovqatlanmadim. Zero, koʻp yeyish badanni ogʻirlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi[32].

Shirkdan saqlangan qalb salim qalbdir[15].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 128.
  2. Tursun 2006, s. 30.
  3. Tursun 2006, s. 35.
  4. 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 148.
  5. Tursun 2006, s. 67.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 102.
  7. Tursun 2006, s. 157.
  8. Voronsov 1989, s. 113.
  9. 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 23.
  10. Tursun 2006, s. 132.
  11. Tursun 2006, s. 115.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 116.
  13. Tursun 2006, s. 93.
  14. Tursun 2006, s. 72.
  15. 15,0 15,1 15,2 Tursun 2006, s. 55.
  16. Tursun 2006, s. 133.
  17. Tursun 2006, s. 38.
  18. Tursun 2006, s. 76.
  19. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 223.
  20. Tursun 2006, s. 143.
  21. Tursun 2006, s. 73.
  22. 22,0 22,1 Tursun 2006, s. 61.
  23. Tursun 2006, s. 82.
  24. Tursun 2006, s. 28.
  25. Tursun 2006, s. 138.
  26. Tursun 2006, s. 36.
  27. Tursun 2006, s. 32.
  28. Tursun 2006, s. 136.
  29. Tursun 2006, s. 150.
  30. Tursun 2006, s. 53.
  31. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 158.
  32. Tursun 2006, s. 84.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.