Kontent qismiga oʻtish

Odam

Vikiiqtibosdan olingan
Odam

Qardosh loyihalar

Odam yoki inson — sut emizuvchilar sinfining Hominidae oilasiga mansub primat turidir. Odamlar abstrakt fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar odamni bir qarashdayoq butun sirru asrorini bilib olsang, unga qiziqmay qolasan. Inson imkon qadar oʻzida barcha xislatlarni jamlagani holda, yana nimasi bilandir sirli tuyulmogʻi kerak[1].

Birdan tushunib yetish va his qilish mumkin, lekin birdan inson boʻlib qolinmaydi, balki inson sifatida shakllanmoq kerak[2].

Biz bir-birimizga eʼtibor bilan munosabatda boʻlishni oʻrganishimiz kerak, dunyoda eng ajib, eng oliy xilqat — inson ekanligini tushunmogʻimiz kerak[3].

Boshqaning insonligini his etgan taqdiringdagina inson boʻla olasan[4].

Demokratik taʼlimotlardan eng birinchisi — barcha odamlar maʼnaviy goʻzaldir, deya tan olishdan iboratdir[5].

Eng maqbul fazilat — vatanga va odamzodga koʻrsatilgan xizmatda[6].

Eng mushkul kasbu kor inson boʻlishdir[2].

Gar inson ekansan, xalq manfaati yoʻlida harakat qil, toki xalq oʻz xohish-istagi bilan sening xizmatingda boʻlsin[7].

Hamisha qahramon boʻlish mumkin emasdir, lekin hamisha inson boʻlib qolish mumkin[8].

Hayotimning eng mushkul damlarida ham, eng ogʻir daqiqalarida ham qalbim: „Yashasin inson!“ — degan gimnni kuylaydi[9].

Inson agar qulflangan sandiq boʻlsa, uni tajriba ahligina ocha oladi[10].

Inson — butun bir olam, faqat undagi asosiy tuygʻu olijanoblik boʻlsa bas[8].

Inson boʻlish — bu masʼuliyat sezishingdir. Oʻzingga aloqasizday tuyulsa ham qashshoqlik oldida andisha qilishningdir. Doʻstlaring erishgan har bir gʻalabadan faxrlanishingdir, oʻz gʻishtingni quya turib, dunyodagi bunyodkorlikka koʻmaklashayotganingni his etishingdir[8].

Inson boʻlish — kurashchi boʻlmoqlikdir[8].

Inson boʻlish — bu sanʼatdir[2].

Inson dono, odmi, odil, jasur va saxovatli boʻlishi kerak. Shundagina u Inson degan yuksak unvonga loyiqdir[3].

Inson insonga har jihatdan zarur[11].

...Inson — mavhum, qandaydir olamdan tashqarida yashaydigan mavjudot emas. Inson — bu inson ruhiy olami, davlat, jamiyatdir[11].

Insonlar odamlar orasidagina odam boʻla oladi[12].

Inson odamlarni sevishi kerak. Agar u odamlarni sevsa, yashashi oson boʻladi, quvnoqroq yashaydi, chunki jahonda hech kim odamovilardek miskin umr kechirmaydi[13].

Inson qanday boʻlishi haqida qachongacha jar solish mumkin, inson boʻlish vaqti ham kelgandir[14].

Inson qanchalar ajoyib, agar u chinakam inson boʻlsa[8].

Inson yaxshilikning qulidir[15].

Jahonda inson uchun odamlardan koʻra gʻaroyibrogʻi yoʻq[3].

Kimdaki boʻlmasa zamona gʻami,
Yo olamdan emas, yo emas odam[16].

Kishining haqiqiy inson boʻlmoqlikdan boshqa maqsadi boʻlishi mumkin emas[8].

Kurramizdagi eng dilbar, eng ajoyib xilqat deb hisoblangan inson bilan faxrlanishni oʻrganmagunimizcha, to oʻsha payt kelmagunicha hayotimizdagi qabihlik va yolgʻondan qutula olmaymiz[3].

Men insonman degan ulugʻ fikrla,
Hamish koʻksimni tutaman baland[8].

Men uchun insondan qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yoʻq. Inson demak oʻziga butun bir olamni olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin[9].

Odam borki, odamlarning naqshidur,
Odam borki, hayvon undan yaxshidur[17].

Odamlar birgina nurdan bunyod boʻlgan farishtalar emas, lekin ular hayvon ham emaski, ogʻilxonaga haydab kiritilsa[18].

Odamlarga odamlarning yoqimlirogʻi odamlardan behojat boʻlgani va ulardan hech narsa soʻramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj boʻlganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirogʻi Allohga muhtoj boʻlgani va Undan soʻragani, Allohga odamlarning yomonrogʻi Undan behojat boʻlgani va hech narsa soʻramaganidir[19].

Odamlarga zarari ham, foydasi ham tegmaydigan kishidan faqirroq odam yoʻq[20].

Qobus

Odamlar hech qachon mislsiz yaxshi yoki haddan tashqari yomon boʻlmaydilar[1].

Odamlar hozir qanday boʻlsa, shunday tugʻilmagan, ular shakllangan[2].

Odamlarni davlating yetarli va ishing yurishib turganda emas, balki kambagʻallik va nochorlik paytingda sina, shunda ularning yaxshi yoki yomon ekanini bilasan.

Odamlarning oliyjanobi oʻziga nisbatan odamlarda muhabbat uygʻonishiga urinuvchi, odamlarning baxili esa oʻziga nisbatan doʻstlarida nafrat tugʻdiruvchi kishidir.

Odamiyga yomon ayb shuki, oʻziga ziyon yetkazadigan narsaga erishganiga shod boʻlgay[22].

Odamga buyuklar oldida taʼzim qilishgina emas, balki ulardan oʻzib ketishga intilish ham xosdir[8].

Olim, shoir, jangchi-yu, qonunshunos va hokazo boʻlish yaxshi lekin shular barobarida inson boʻlmaslik yomon[8].

Sizga uzatilgan hamma qoʻlni tutavermang, chunki inson niqobidagi necha shaytonlar bordir[23].

Tarix davomida hamma vaqt va hamma joyda insonni xalq yaratgan[12].

Yaxshi odam boʻlish uchun ibodat qilishning oʻzi kifoya emas, balki yaxshi qalbli, yomonlarni yomon koʻruvchi boʻlish kerak[24].

Yerdagi jamiki goʻzal narsalar — oftobdan va barcha yaxshi narsalar — insondan[25].

Oʻqishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir[26].

Oʻzgalar gʻamini chekmasa odam,
Anga noloyiqdir inson, degan nom[27].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Voronsov 1989, s. 37.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Voronsov 1989, s. 35.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Voronsov 1989, s. 36.
  4. Voronsov 1989, s. 38.
  5. Voronsov 1989, ss. 36–37.
  6. Voronsov 1989, s. 20.
  7. Tursun 2006, s. 108.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 8,7 8,8 Voronsov 1989, s. 34.
  9. 9,0 9,1 Voronsov 1989, s. 33.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 104.
  11. 11,0 11,1 Voronsov 1989, s. 29.
  12. 12,0 12,1 Voronsov 1989, s. 30.
  13. Voronsov 1989, s. 41.
  14. Voronsov 1989, s. 28.
  15. 15,0 15,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 108.
  16. Tursun 2006, s. 138.
  17. Tursun 2006, s. 124.
  18. Voronsov 1989, s. 40.
  19. Tursun 2006, s. 33.
  20. Tursun 2006, s. 132.
  21. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  22. Tursun 2006, s. 133.
  23. Tursun 2006, s. 139.
  24. Tursun 2006, s. 131.
  25. Voronsov 1989, ss. 33–34.
  26. Tursun 2006, s. 59.
  27. Tursun 2006, s. 127.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.