Kontent qismiga oʻtish

Yaxshilik

Vikiiqtibosdan olingan
Yaxshilik

Qardosh loyihalar

Yaxshilik, ezgulik – 1) yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik; 2) ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini koʻzlab ish tutish, biror manfaat yetkazish; mehribonlik; xayrli ish, ezgulik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar yaxshilikning sababi boʻlsa, u yaxshilik boʻlmaydi; yaxshilikning natijasida mukofot berilsa, bu ham yaxshilik emas. Demak, ezgulik sabab va oqibatlar zanjiridan tashqarida yashaydi[1].

Alloh banda yaxshiligiga muhtoj emas, ammo bir yomonlik seni yaxshilikka eltsa ajab emas[2].

Begʻam boʻlmang, gʻaflatda qolmang! Hali navqiron, kuchli, tetik ekansiz, yaxshilik qilishdan tolmang[3].

Biror-bir kimsaga yaxshilik qilsang, shu bilki, sening saxovatingdan u behad shod boʻlgani kabi, senga ham shunchalik zavq nasib etadi[4].

Qobus

Biror kimsaga katta yaxshilik qilgan boʻlsang, uni kichik deb bil, birov senga yaxshilik qilgan boʻlsa, uni katta deb bil!

Birovga qilingan yaxshilik kishini shunisi bilan rom etadiki, u shafaqqa oʻxshab oxiri oʻchib ketmaydi, qaytaga yanada yorqinlashib oʻzimizga qaytib keladi[4].

Birovga yaxshilik qilgan boʻlsang, yaxshiligingni aytib, uni kamsitma, birovga ichirgan va yedirganingni minnat qilib, zaharga aylantirma![5]

Birovga yaxshilik qilgan kishi oʻziga yaxshilik qilgan boʻladi, yaxshilikdan yaxshilik kutib emas, yaxshilik uchun yaxshilik qilish kerak, chunki bundan odam bitmas-tuganmas huzur oladi[3].

Seneka

Biz – insonlar xuddi yaxshilikka undamaslik va yomonlikdan qaytarmaslik toʻgʻrisida bir-birimiz bilan kelishib olganga oʻxshaymiz. Bu ketishda boshimizga qanday azoblar tushajagini koshki bilsaydik[6].

Boshqalarga ziyon istama, oʻzing ham ziyon koʻrma,
Faqat yaxshilik qil, havas va orzuni bilgin[7].

Bu sham boshqa bir shamni yoqishi bilan nuridan hech narsa kamaymaydi[8].

Evaziga narsa kutib qilingan yaxshilik — yaxshilik hisoblanmaydi, balki u oddiy oldi-berdidan iborat, xolos[9].

Eng yaxshi kishining ikki qoʻli ham toʻgʻri boʻladi, u bir qoʻli bilangina emas, ikki qoʻli bilan yaxshilik qiladi[10].

Ezgulik — hech eskirmaydigan birdan-bir libosdir[3].

Ezgulik — ilm emas, u faoliyatdir[11].

Ezgulik insonning maʼnaviy olamidagi quyoshdir[12].

Ezgulikni nafrat yoki, ayniqsa, adovat bilan yuzaga chiqarib boʻlmaydi. U faqat muhabbatdan tugʻiladi[3].

Ezgulik — shunday bir lisonki, u orqali soqovlar tilga kirib, karlar eshitishi mumkin[3].

Eng nozik nihollar ham toshday qattir yerni, qoyalarning toshini yorib oʻsib chiqadi. Yaxshilik ham xuddi shunday. Hech qanday tigʻ, hech qanday gurzi, hech qanday qurol inson saxovatining qudratiga teng kela olmaydi![3]

Hakimlar aytmishlar: „Yaxshilikni asosi uch narsada: birinchi, barchaga nisbatan riyosiz kamtarlikda, ikkinchi, minnatsiz saxovatda, uchinchi, haq talab qilinmaydigan xizmatda. Odamlar toʻrt narsani qidirmaslikka ilojsizdirlar: birinchi, yaxshilik va yomonlikni ajratishga yordam beradigan ilmni, ikkinchi, tirikchilik oʻtkazishga kerak boʻladigan asbob-anjomlarni, uchinchi, kayfiyatni yaxshi tutadigan vositalarni, toʻrtinchi, odamlar bilan murosani[7].

Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilik qilishda boʻlmaydi[13].

Har na yaxshilik qilsang, qilki yurt uchun,
Oʻzingdan orttir-u oʻzgaga bermak uchun[14].

Hayotimizning abadiy va oliy maqsadi — ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday tushunmaylik, hayotimizning oʻzi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas[12].

Inson ezgulikni va ulugʻlikni orzu qilishi kerak[15].

Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur boʻlsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging boʻlsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni sezmaysan ham[12].

Inson yaxshilikning qulidir.

Kimdir qilgan yaxshilik bizni uning oldida qarzdor qilib qoʻyadi[3].

Kimki yaxshilik qilaman deb haddan tashqari uzoq muhokama yuritsa, yaxshilik qilishga vaqti qolmaydi[11].

Kim chinakam qalb egasi boʻlmasa, u ezgulik qilishga qodir emas: faqat xushfeʼl boʻla olishi mumkin[3].

Kishi yaxshilik qilishga qodir ekan, qadr bilmaslar bilan toʻqnashish unga xavf solmaydi[3].

Koʻrsatma boʻyicha qilingan yaxshilik — yaxshilik emas[11].

Majburan qilingan yaxshilikning qimmati yoʻq[11].

Men ezgulikdan boshqa biror afzallikni bilmayman[3].

Mol-dunyo tugaydi, ammo yaxshi ishlar abadiy qoladi[17].

Odamlarning yaxshirogʻi oʻz qalbida yaxshilikka yoʻl ochgani va yomonlikni hamda ochkoʻzlikni haydab chiqarganidir[18].

Payti kelgan qattiqqoʻl boʻlishga qurbi yetadigan odamgina ezguligi uchun maqtovga sazovardir: aks holda, irodaning boʻshligi yoki faolsizligidan kelib chiqadigan muloyimlik ham ezgulik boʻlib tuyulishi mumkin[4].

Qadimda ezgu ishlarni koʻp qilishardi, lekin gapirishmasdi. Keyin ham qiladigan, ham gapiradiganlar keldi. Endi esa faqat gapirishmoqda[19].

— Umar ibn Horis

Qandaydir manfaat koʻzlab qilingan yaxshilik yaxshi amal hisoblanmaydi[20].

Yasama ezgulikdan yomoni yoʻq. Oshkora yomonlikdan koʻra odam yasama ezgulikdan koʻproq nafratlanadi[11].

Yaxshiligi koʻp odamning doʻstlari serob boʻladi[16].

Yaxshiligi yoʻq odam yolgʻizlikda jon beradi[21].

Yaxshilik haqida oʻylashlik oʻsha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, oʻsha yomonlikni tark etishga chorlaydi[19].

Yaxshilik — koʻp boʻlsa ham zarar keltirmaydigan fazilatdir[3].

Yaxshilikni bilmasang, bor-u, yaxshilarga qoʻshul[22].

Yaxshilikni koʻp qilgan kishining pushaymonligi kam boʻladi[23].

Yaxshilik qilgan chogʻingda koʻksing qandaydir togʻdek koʻtarilib, qonuniy gʻurulanasan, sof vijdonli odamdagina shunday boʻladi[4].

Yaxshilik qilish har qanday yuksaklik sari tashlangan qadamdir; ezgulik qilmasang, bir kunmas-bir kun tubanlik seni oʻz qaʼriga tortadi, yaxshilik oʻrniga yomonlik qilasan[4].

Yaxshilik qilmishdir kim senga bir bor,
Yodingdan chiqarma sen uni zinhor[22].

Yaxshilik va ezgulik yomonlikdan qochgani yangligʻ yomonlik ham yaxshilikdan qochib ketadi[24].

Yaxshilik va kamtarlik — shu ikki fazilatdan kishi hech qachon charchamasligi kerak[3].

Yaxshilik yomonlikni kuydiruvchi olov[5].

Yaxshilik yoʻlida chekilgan mehnat yerda qolmaydi[25].

Yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi[26].

Yaxshining soʻngagi tuproqda chirisa ham, nomi qoladi[27].

Yaxshi odam oʻzini ham ranjitmaydi, oʻzgani ham xafa qilmaydi[25].

Yomon ham oʻtar, yaxshi ham – yaxshi bil,
Seni yaxshi nom birla yod etsin el[9].

Yomon, noraso eʼtiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi[10].

Yovuzlikdan ezgulikni ajratadigan kishi emas, balki ikki yovuzlikning yengilrogʻini farqlay biladigan kishigina aqllidir[28].

Oʻzgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir[29].

Oʻzingga yaxshilik qilinishini istasang, yaxshilik qil, hech kimga ozor berma, yaxshilikni ulugʻ ish deb bil[14].

Oʻz qoʻling bilan ado eta olmagan yaxshilikni boshqaning qoʻli bilan hech qachon qilolmaysan[30].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. „Lev Tolstoyning „Anna Karenina“ romanidan iqtiboslar“. jadid.uz (4-fevral 2025-yil). Qaraldi: 2025-yil 13-fevral.
  2. Tursun 2006, s. 129.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 Voronsov 1989, s. 42.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Voronsov 1989, s. 43.
  5. 5,0 5,1 5,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 107.
  6. Tursun 2006, ss. 122–123.
  7. 7,0 7,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 104.
  8. Tursun 2006, s. 126.
  9. 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 132.
  10. 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 131.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 Voronsov 1989, s. 44.
  12. 12,0 12,1 12,2 Voronsov 1989, s. 41.
  13. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 206.
  14. 14,0 14,1 Tursun 2006, s. 130.
  15. Voronsov 1989, s. 34.
  16. 16,0 16,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 108.
  17. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
  18. Tursun 2006, s. 123.
  19. 19,0 19,1 Tursun 2006, s. 128.
  20. Tursun 2006, s. 140.
  21. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 106.
  22. 22,0 22,1 Tursun 2006, s. 133.
  23. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 209.
  24. Tursun 2006, s. 124.
  25. 25,0 25,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 105.
  26. Tursun 2006, s. 137.
  27. Tursun 2006, s. 127.
  28. Tursun 2006, s. 66.
  29. Tursun 2006, s. 134.
  30. Tursun 2006, s. 139.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 

Havolalar

[tahrirlash]


Falsafa
Borliq Voqelik
HayotOʻlim Boqiylik
YaxshilikYomonlik
Jon Oʻzlik
Bilish Fakt Nazariya Aksioma Gipoteza