Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Xurramiy

Vikiiqtibosdan olingan
Mavlono Xurramiy
Vikipediyadagi maqola

Mavlono Xurramiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir.



  • Bir hakimdan: „Koʻrkam xulqli kishi kim?“ deb soʻradilar. U esa: „Yomon xulqiga sabr qilgan kishi!“ deb javob berdi.
    Bayt:
    Oliy himmat bilan pokiza koʻngil,
    Kishini yetkazar baxtu kamolga.
    Har kimning dilida boʻlsa badfeʼllik,
    Umrini sovurar bir kun shamolga![1]
  • Bir hakimdan: „Xushxulq kishi qanday kishi?“ deb soʻradilar. Hakim: „Hech narsadan ranjimaydigan kishi!“ deb javob berdi. Yomon xulqli kishi haqida soʻraganlarida esa: „Yomonlik bilan yaxshilik oʻrtasidagi farqni bilmaydigan kishi!“ deb javob berdi[2].
  • Bir hakim shunday degan edi: „Har kimda oltinu zar qanchalik koʻp boʻlmasin, agar u behunar boʻlsa, hosilsiz daraxtdir“[3].
  • Bogʻbondan parvarish koʻrmasa nihol,
    Ulgʻayib oʻsolmas, topolmas kamol![4]
  • Har yoshki egadir husnu jamolga,
    Osmonda quyoshdir yetgach kamolga![5]
  • Ikki narsa kishi qoʻlida boʻlsa uvol: goʻzallikka magʻrur boʻlgan kishiga berilgan husn, ikkinchisi – goʻzallik qadrini bilmaydigan kishiga tushib qolgan xotin[6][7].
  • Ikki narsani kishi oʻzidan quvolmaydi: biri soya, ikkinchisi – badfeʼllik[6][8].
  • Inson goʻzalligining asosi uning chiroyli xulqidir.
    Chiroyli xulq bilan inson insondir,
    Chetdan boqsang shakli hammasi bir xil.
    Rang-u hidi bilan farqi bilinar,
    Yozilishda bir xil boʻlgan „gulu gil!“[1]
  • Keltirishlaricha, bir hakim oʻz oʻgʻliga nasihat qilib, shunday der ekan:
    Oltining xarj bilan oxir boʻlar kam,
    Hunar shunday ganjki, kamaymas hech dam!
    Ularning farqini aytsam agarda,
    Hunar chashma erur, oltin-chi shabnam![9]
  • Kishini goʻzal qilib koʻrsatadigan uning chiroyi emas, balki chiroyli xulqidir. Chiroyli xulq xunuk kishini ham chiroyli qilib koʻrsatadi. Chiroyli xulq chiroyli kishilarda mavjud boʻlsa, nur aʼlan nurdir[7].
  • Qarilik ziynati gapiraverishda emas, balki jim oʻtirishdadir[6].
  • Tulkidan: „Qachongacha ovqat topolmay och yurasan, sherning xizmatini qilsang boʻlmaydimi, barcha jonivorlar sherning mulozimatini qilib, ovqatidan bahramand boʻlyaptilar“ – deb soʻrashdi. Tulki: „Men ham kuni kelib boshqa hayvonlarga ovqat boʻlib qolishdan qoʻrqaman“, – deb javob berdi.
    Bayt:
    Yaxshi feʼlli kishi dushmaning boʻlsa,
    Badfeʼl doʻstdan koʻra afzalroq erur![11]
  • Vatan sorigʻa yetkurdim qadamni,
    Koʻngulga sabt etib sonsiz olamni[12].
  • Shunday qilib, yolgʻiz oʻzim ketdim. Tong otgach eshitsam, bazmdagilar haligi yigitga qaltis hazil qilishibdi. Yigit esa yonidan pichoq olib, bir necha kishini yarador qilibdi[13].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 92.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 94.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 199.
  4. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 73.
  5. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 72.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  7. 7,0 7,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 215.
  8. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 97.
  9. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 23.
  10. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 129.
  11. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 96.
  12. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 70.
  13. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 74.

Adabiyotlar

[tahrirlash]