Mehmon
| Mehmon | |
|---|---|
|
Mehmon kutayotgan mezbonlar | |
| Qardosh loyihalar | |
Mehmon — 1) Toʻy, ziyofat va shu kabi munosabati bilan yoʻqlab kelgan (borgan) shaxs; 2) Majlis, yigʻilish, kengash va shu kabilarga chetdan chaqirilgan shaxs; 3) Chetdan tashrif buyurgan, vaqtinchalik qoʻngan shaxs.
A
[tahrirlash]B
[tahrirlash]Befahm mehmon uy egasini xijolatga qoʻyadi[2].
D
[tahrirlash]M
[tahrirlash]Mehmonga xos boʻlgan odoblardan biri shundayki, kimki mehmonga taklif etilsa, rad qilmay borish kerak. Borganda esa uyning yuqorisini koʻzlamay, uy sohibi qayerni koʻrsatsa, oʻsha joyga oʻtirish lozim. Kirayotganda va oʻtirayotganda taʼzimu tavozeʼni unutmasin. Oʻzlari xohlamay turgan ikki odamning orasiga suqilib oʻtirilmaydi, chunki ularning suhbatiga toʻsqinlik qiladi[5].
Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi[6].
Mehmonli uy barakali uy. Mehmonsiz uy suvi qurigan tegirmonga oʻxshaydi.
Mehmonni davlat va barakotdan sanaydiganlar oʻlib ketdi. Har bir qora sharpa qoʻnoq boʻlmasin, deb chodir buzuvchilar qoldi[8].
Mehmon rioya qilishi lozim boʻlgan odoblardan yana biri shuki, mehmon mezbonga ish buyurmasin. Chunki buyurgan ishini bajarish mezbon uchun ogʻir boʻlishi mumkin. Agar mehmon qanday ovqat qilib berishi haqida soʻrasa, yengil ovqatni tanlasin. Ulugʻ kishilar doimo shunday qilishgan[1].
Mehmon sevgan kishining yemishi bol boʻladi.
O
[tahrirlash]Ojiz, gʻarib mehmon kelsa, hozir boʻlgan narsani mehmonga tezlik bilan qoʻy, unga malol keltirma[1].
Q
[tahrirlash]Qoʻnoq qoʻnmas qora uylar yiqilsa yaxshi[1].
Y
[tahrirlash]Yaxshi odamning mehmoni koʻp boʻladi.
Ch
[tahrirlash]Chaqirilmagan yerga kelgan mehmon, supurilmagan yerda oʻtiradi.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Tursun 2006, s. 101.
- ↑ Tursun 2006, s. 103.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 157.
- ↑ Tursun 2006, s. 170.
- ↑ Tursun 2006, ss. 100–101.
- ↑ Tursun 2006, s. 102.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 135.
- ↑ Tursun 2006, s. 100.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 134.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.