Kontent qismiga oʻtish

Molxona

Vikiiqtibosdan olingan
Molxona

Qardosh loyihalar

Molxona — 1945-yil 17-avgustida George Orwell tomonidan yozilgan asar. Asarda bir guruh fermada yashovchi hayvonlarining oʻz xoʻjayinlariga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishi va natijada erkin, teng hamda baxtli jamiyat qurishga umid qilish jarayonlari hikoya qilib beriladi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Majlisga kelish, albatta, ixtiyoriy, ammo kelmaganlar uchun ovqatning yarmi ushlab qolinadi.
  • Odam — oʻzi hech narsa ishlab chiqarmay, hammasini hazm qiladigan yagona maxluq.
  • Majlislarning aksariyati omborda oʻtardi, choʻchqalar kelgusi yil qilinadigan ishlar rejasini va molxona byudjetini tuzish bilan mashgʻul edilar. Garchand barcha masalalar umumiy ovoz berish yoʻli bilan hal etilishini hamma eʼtirof etgan boʻlsa-da, taraqqiyotning bosh yoʻnalishini molxonaning aqlli vakillari — choʻchqalar belgilab berishar edi.
  • Sening hojating chiqadi, uning hojati chiqadi, qqibatda mamlakat hojatxonaga aylanadi..!
  • Ular yana va yana goh odamlarning basharalariga, goh choʻchqalarning basharalariga boqar, ammo ularning qay biri odam ekanini ajrata olmasdilar.

Manbalar

[tahrirlash]