Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Iqbol

Vikiiqtibosdan olingan
Muhammad Iqbol

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 9-noyabr 1877
Sialkot
Vafoti 21-aprel 1938
Lohur
Qardosh loyihalar

Muhammad Iqbol (9-noyabr 1877-yil, Sialkot, Pokiston; 21-aprel 1938-yil, Lohur, Pokiston) — mashhur hind shoiri, musulmon faylasuf, siyosatchi va davlat arbobi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Insonga sigʻadiganga koinot, koinotga sigʻmaganga inson deyman.
  • Ikkovi uchun ham osmon bitta, ammo zogʻning dunyosi boshqa, lochinniki boshqa.
  • Uyquni yengil oʻlim, oʻlimni ogʻir uyqu deb biling.
  • Qadahsiz sharob ichilmas, ammo unutmang, odamni sharob mast qiladi, qadah emas.
  • Hayot sharobdir, ammo eng taxiri va eng yaxshisi.
  • Burgut oʻlik suvsarni ovlamaydi.
  • Inson marvarid misoli ummon tubida, sohilga esa xas-choʻp chiqadi.
  • Davlatlar shoirlarning qalbida tugʻiladi, siyosatchilarning qoʻlida oʻsadi va oʻladi.
  • Ilm oshkora savoldir. Ishq esa sirli javob.
  • Taqlidni bas qil, oʻzingni izla.
  • Majnun shaharni tark aylab sahroga yuzlandi. Sen sahrodan ham voz kech. Orzuga yetmoq istasang Layloni ham terk et.
  • Olovdan chaqnagan uchqun kabi bebosh boʻlma.
  • Ishq hayotning magʻzidir, uni topganlarga oʻlim haromdir.
  • Ishq sharobdir, ayni damda ishq ulkan qadah ham.
  • Ishq yoʻlini aql bilan topmoqchimisan? Quyoshni sham yoqib qidirmoqchimisan?!
  • Men izlaganim yoʻl emas, yoʻldosh. Naql bejiz emas: avval yoʻl, keyin yoʻldosh.
  • Parvonadan yonishning hikmatini oʻrgan.

Manba

[tahrirlash]

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!