Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Qiyofa
| Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
15-aprel 1952 Andijon |
| Vafoti |
10-mart 2015 Toshkent |
| Qardosh loyihalar | |
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali (15-aprel 1952-yil; 10-mart 2015-yil) — Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiysi, Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi.
Iqtiboslari
[tahrirlash]- Bir ishga oʻzingizni bir muddat majburlasangiz, oʻsha narsa sizga odatga aylanib qoladi, keyin oʻshani bajarmasangiz, uyqungiz kelmaydigan boʻlib qoladi[1].
- Bugun kitob oʻqigan odam kechagi odam emas-da[1].
- Bir maʼlumotni bir kitobda koʻrib, keyin shu boʻyi oʻqimasangiz, esingizdan chiqib ketishi oson boʻladi. Agar oʻsha maʼlumotni bir safar bu kitobda, keyin boshqa bir kitobda, bir muddat oʻtib, yana qaysidir asarda oʻqisangiz, ana shunda xotirada yaxshi qoladi[1].
- Bir narsani oʻqisangiz, qanchadir qismi esda qolib, qolgani esdan chiqadi. Agar oʻshani oʻqish bilan birga yozib ham chiqsangiz, ancha koʻproq qismi yodingizda saqlanib qoladi. Ammo maʼlumotni esda saqlashning eng yuqori darajasi oʻsha mavzuni kimgadir dars qilib oʻtishda ekan. Dars bersangiz, ham yaxshi uqib olasiz, ham esda saqlab qolasiz[1].
- Kitobni bir chetdan oʻqigan odam bilan u yer-bu yerdan maʼlumot oʻqib yurgan odamning orasida yer bilan osmoncha farq boʻladi. Hakkam-dukkam maʼlumotlarni oʻqishga oʻrgangan odamning fikrlashi ham hakkam-dukkam boʻlib qoladi, bir narsani gapirsangiz, atroflicha fikrlay olmaydi[1].
- Ochigʻini aytay, oziq-ovqatni boshqalardan olib kun koʻradigan xalq, mingta mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilsa ham, oʻzini mustaqil his qilishga haqqi yoʻq. Chunki berib turganga biror soʻzing yoqmay qolsa ham, kerakli narsani “tortib” qoʻyib, sening mustaqilligingni bir pulga chiqaradi[2].
- Bir kishi u zotdan soʻradilar:
— “Taqsir, kimning tavbasi qabul boʻlmaydi?”. U kishi shunday dedilar:
— “Tavba qilmagan odamning tavbasi qabul boʻlmaydi”[3]. - Bir safar soʻrashdi:
— “Sumalak haqida gapirsangiz, Qurʼonda bu taom haqida nima deyilgan?”. Javob qaytardilar:
— “Qur'on pazandachilik haqidagi kitob emas, u hidoyat kitobdir”[3]. - Yana savol berishdi:
— “Nike krossovkasini kiysam boʻladimi?”.
— “Oʻlchami toʻgʻri kelsa kiyavering”, dedilar hazrat[3]. - Savol beruvchilardan yana biri soʻradi:
— “Anjirni yoqsam boʻladimi?”. U zot dedilar:
— “Yaxshi yonadi, yoqavering”[3].