Kontent qismiga oʻtish

Murod Muhammad Doʻst

Vikiiqtibosdan olingan
Murod Muhammad Doʻst
Fayl:Murod Muhammad Doʻst.jpg
Umumiy maʼlumotlar
Qardosh loyihalar

Murod Muhammad Doʻst (12-aprel 1948-yil; Samarqand viloyati, Jom qishlogʻi, O'zbekiston SSR) — yozuvchi va jamoat arbobi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Yozuvchiman deb aytish men yaxshi odamman deyish bilan barobar.
  • Tarixda qoladigan mingda, yoʻq, milyonda bitta boʻladi. Ijod kishisi oʻziga eng yorugʻ narsalarni, deylik, chaqmoqni, yashinni, vulqonni taxallus qilib olishi, oʻnlab, hattoki yuzlab kitob yozishi mumkin, lekin Xudoning nazari tushmasa — hammasi bekor.
  • Adabiyot, umuman, haqiqiy sanʼat — insoniyatning tuzalmas dardi. Va uning mezonlari hech qachon oʻzgarmaydi: oq – qora, yaxshi – yomon, adolat – qabohat, muhabbat – nafrat...
  • Shoʻro davridan boshlab jamiyatni hadik bilan yashashga oʻrgatib qoʻydik. Bu hadik hali koʻngildan chiqib ketgani yoʻq. Ijtimoiy-siyosiy passivlikni oqlaydigan oʻzbek xalqining maqollari koʻp: “Och qornim — tinch qulogʻim”, “Yarimta non — rohati jon”. Bularni fazilat sanashadi. Aslida bu fazilat emas, qusur.
  • Bizning vazifa­miz — voqelikni badiiy idrok etish, xolisona, bosiqlik bilan badiiy idrok etish. Shoʻrolar zamonida yozilgan va bugun yashab kelayotgan koʻpchilik yaxshi asarlar shu yoʻsinda bitilgan.
  • ...gap adabiyotga kirishda emas, adabiyotda qolishda. Bunda vaqt va maʼrifatli oʻquvchidan oʻzga hech kim va hech narsa hakamlik qilolmaydi.
  • Odamning dardini, jamiyatning dardini yozgan odam yutadi.
  • Odamzot oziga shukur qilish kerak. Hamma narsaga erishishning iloji yoʻq. Bitta yaxshi hikoya yozsang yoki oʻqisang, bir sheʼrdan taʼsirlansang shunga xursand boʻl. Faqat badbin boʻlmasang, hasadgoʻy boʻlmasang — birovning bogʻi senikidan yaxshiroq, yashilroq tuyulmasa boʻldi.
  • ...milliy faxr borasida bizga yetadigan millat topilmasa kerak. Tariximizni maqtayverib, nazarimda, ajdodlarimiz ruhini ortiq darajada bezovta qilib yubordik. Buyuk oʻtmishga mehrimiz shu qadar kuchliki, baʼzida bugungi kun esimizdan chiqib ketadi.
  • Yozuvchi salbiy qahramonni roʻparasiga oʻtqazib qoʻyib, boʻralab soʻka boshlasa, bas, ana endi Xudo urdi, deyavering! Oʻquvchi salbiy qahramonni emas, yozuvchining oʻzini yomon koʻrib qoladi.
  • Koelo bilan Murakamini katta yozuvchi, deb aytishadi. Menimcha, buyuk yozuvchilar Markes bilan tugagan. Lekin Paulo Koelo yoki Xaruki Murakami yetishib chiqishi uchun ham muhit kerak. Bu jamiyatning umumiy savodi bilan bogʻliq.

Manba

[tahrirlash]

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!