Kontent qismiga oʻtish

Namoz

Vikiiqtibosdan olingan
Namoz

Qardosh loyihalar

Namoz (arabcha: صلاة‎‎) — islomning besh ustunidan biri.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Alloh taologa tavba qilmagunicha qornida harom luqma boʻlgan kishining namozini Alloh qabul qilmaydi[1].

Ikki rakat namoz oʻqib tarkibini aniqlagan dorilarimning shifosi koʻp boʻldi[2].

Kim bir namozni ataylab tark etsa, Allohga gʻazablanib turgan holida yoʻliqadi[3].

Kimki namozni shikasta dil va ojizlik bilan ado qilmasa, ibodati durust boʻlmaydi[4].

Iordaniyaning sharqiy sahrosidagi koʻchmanchilar masjidi

Namozdan huzur topishga harakat qil. Namozda huzur topmaganlar behalovat yashaydilar[5].

Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi oʻqi! Yana bir bor oʻqiy olishingni oʻylama. Shuni bilginki, moʻmin kishi biri bajarilgan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik oʻrtasida oʻladi[6].

Namozni zoe qilgan odamga islomda ulush yoʻq[3].

Namoz oʻqimagan odamning dini yoʻqdir[3].

Sizning ustingizda namoz bor. Namoz islomning avvalidir va diningizdan yoʻqotadigan soʻnggi narsangiz ham namozdir[5].

Tafakkur bilan va bajonidil oʻqilgan ikki rakat namoz butun tun boʻyi istar-istamas oʻqilgan namozdan xayrliroqdir[7].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 54.
  2. ↑ Tursun 2006, s. 37.
  3. ↑ 3,0 3,1 3,2 Tursun 2006, s. 23.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 154.
  5. ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 25.
  6. ↑ Tursun 2006, ss. 36–37.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 29.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.