Kontent qismiga oʻtish

Nikoh

Vikiiqtibosdan olingan
Nikoh

Qardosh loyihalar

Nikoh (arabcha: نكاح‎; talaffuzi: nikah) – ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Umumiy maʼnoda — oila qurish deyiladi. Erkaklar uchun biror qiz yoki ayolni oʻz nikohiga olish — uylanish deyiladi; ayollar uchun esa turmushga chiqish, erga tegish deyiladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Er bilan murosa va madorada yashash uchun ayollarimizga quyidagi ikki narsaga amal qilish zarur. Birinchi, erning tabiatini, mijozini va xulqini bilish, shunga qarab muomala qilish, masalan, er nimadan koʻproq xursand boʻlsa, oʻshani qilishga urinish, qanday narsa gʻashini keltirsa, uni qilmaslikka urinish zarur. Erning harakatlarini bilish va oʻshanga asoslanib ish yuritish totuvlikni keltirib chiqaradigan muhim omillardan biridir. Ikkinchi, vafodor, sadoqatli va ishbilarmon ayollar haqidagi hikoya, sheʼr va dostonlarni koʻp oʻqish, yomon, xulqsiz va behayo ayollarning qilmishlari va uning oqibatida turli xil balolarga giriftor boʻlganliklari toʻgʻrisidagi voqealardan ibrat va kerakli xulosalar chiqara olish kerak.

Uylanishdan oldin koʻzlaringni och, uylanganingdan soʻng birini yum

Uylanish — inson huquqlarining yarimga tushishi va vazifalarining ikki marta ortishidir.

Shunday odamlar borki, muhabbat boʻstonini oralab, uylanishga qadam qoʻymaydilar va bu fayz bogʻining gulzoridan gullar termaydilar, doimo gʻam uyida oʻzlari yakkayu tanho oʻtiradilar[2][4].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 180.
  2. 2,0 2,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  3. Sema Marashli. Turmush oʻrtoʻgimning tengi yoʻq: hikoyalar. Toshkent: „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2021 — 176-bet. ISBN 978-9943-20-809-4. 
  4. Tursun 2006, s. 181.

Adabiyotlar

[tahrirlash]