Oʻzbek maqollari
Ilmli òzar ilmsiz tözar
A[tahrirlash]
- Aytar soʻzni ayt, aytmas soʻzdan qayt.
- Aytilgan soʻz — otilgan oʻq.
- Andishaning oti qoʻrqoq.
- Arpa ekkan arpa oʻrar, bugʻdoy ekkan bugʻdoy.
- Arpaning doni boʻlguncha, bugʻdoyning somoni boʻl.
- Arqogʻini koʻrib boʻzini ol, onasini koʻrib qizini ol.
- Afting qiyshiq boʻlsa, oynadan oʻpkalama.
- Aqlli oʻzini ayblar, aqlsiz doʻstini..
- Avval oʻyla, keyin soʻyla.
B[tahrirlash]
- Bekor turguncha ishla.
- Bel.
- Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
- Bir kun tuz ichgan joyinga qirq kun salom ber.
- Birovni ustidan kulmagin zinhor, sening ham ustingdan kuladiganlar bor.
- Birovga choh qazisang, oʻzing tusharsan.
- Birovga oʻlim tilaguncha, oʻzinga umr tila.
- Bolaga ishga buyur, orqasidan oʻzing yugur.
- Boshinga qilich kelsa ham rost so'zla.
- Bug'dan qoʻrqqan kod yozmaydi
D[tahrirlash]
- Dangasaga ish buyursang, otangdan ortiq nasihat qiladi.
- Dangasaga ish buyursang, senga aql oʻrgatar.
- Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
- Danagidan magʻizi shirin.
- Darding boʻlsa boʻlsin, qarzing boʻlmasin.
- Devor tagida gapirma, devorning ham qulogʻi bor.
- Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil.
- Dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga ham chiqmaydi.
- Dushmanga joningni bersang ham, siringni berma.
- Dushmanning kulgani - siringni bilgani.
- Doʻst achitib gapirar, dushman - kuldirib.
- Doʻst boshga boqar, dushman oyoqqa.
- Doʻst boshga kulfat tushganda sinaladi.
- Doʻst soʻzini tashlama, tashlab boshing qashlama.
- Doʻstim deb siringni aytma, doʻstingning ham doʻsti bor.
- Doʻsting uchun zahar yut.
- Doʻstsiz boshim - tuzsiz oshim.
E[tahrirlash]
- Egilgan boshni qilich kesmas.
- Ezgulikning erta kechi yoʻq.
- El ogʻziga elak tutib boʻlmas.
- Elakka chiqqan xotinning ellik ogʻiz gapi bor.
- Elchiga oʻlim yoʻq.
- Er yigitning uyalgani - oʻlgani.
- Er xotinning urushi - doka roʻmolning qurishi.
- Ering suydi - eling suydi.
- Erning soʻzi bitta.
- Eru xotin - qoʻsh hoʻkiz.
- Esingning borida etagingni yop.
- Eshakning mehnati halol, goʻshti harom.
F[tahrirlash]
- Falokat oyoq ostida.
- Farzand bilan davilatning erta-kechi yoʻq.
- Farzandiga otaning mehri ketmoncha boʻlsa, onaning mehri osmoncha bor.
- Faqir kishi panada.
- Gul oʻssa - yerning koʻrki, qiz oʻssa - elning
Har qush õz uyasiga qarab[tahrirlash]
- "Hayt" degan tuyaga mador.
- Hazil, hazilning tagi zil.
- Hur gulning isi boshqa.
- Har yerni qilma orzu, har yerda ham bordir toshu torozu.
- Har kallada har xayol.
- Har kim ekkanini oʻradi.
- Har kimniki oʻziga, oy koʻrinar koʻziga.
- Har toʻkisda bir ayb.
- Haqiqat egiladi, ammo sinmaydi.
- Hisobli doʻst ayrilmas.
- Hovli olma, qoʻshni ol.
- Hunar - hunardan unar.
- Hunarli kishi och qolmas.
- Husn toʻyda kerak, aql kunda.
I[tahrirlash]
- Ignadek joydan tuyadek sovuq kiradi.
- Ignachining ming urgani, temirchining bir urgani.
- Ikki yorti - bir butun.
- Ikki kemaga oyoq qoʻygan gʻarq boʻlur.
- Intilganga tole yor.
- It hurar, karvon oʻtar.
- Ish bilganga bir tanga, gap bilganga ming tanga.
- Ish bor yerda xato bor.
- Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.
- Ishongan togʻda kiyik yotmas.
- Ishonmagin doʻstingga, somon tiqar poʻstingga.
J[tahrirlash]
- Janjalli uyda baraka boʻlmas.
- Jaxl kelsa, aql ketar.
- Joyimiz tor boʻlsa ham, koʻnglimiz keng boʻlsin.
- Yiban
K[tahrirlash]
- Kambagʻal boʻlsang koʻchib boq.
- Kambagʻalni tuyaning ustida it qopadi.
- Kamtarga kamol, manmanga zavol.
- Kasalini yashirsang, istimasi oshkor qiladi
- Katta arava qayoqdan yursa, kichik arava ham oʻsha yoqdan yuradi.
- Kemaga tushganning joni bir.
- Kengga keng dunyo, torga tor dunyo.
- Kerakli toshning ogʻirligi yoʻq.
- Kim tabib - boshidan oʻtgan tabib.
- Kuch - birlikda.
- Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir.
- Koʻp gap eshakka yuk.
- Koʻpdan quyon qochib qutulmas.
- Koʻr koʻrni qorongʻuda topadi.
- Koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi.
- Koʻrpangga qarab oyoq uzat.
- Kambagʻal don topmaydi, don topsa idish topmaydi
L[tahrirlash]
- Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq.
- Laqmaning kallasi, tarozuning pallasi.kot
=== Mehribonlik eng katta ===boylii
- Mard maydonda sinalar.
- Maqtanganning uyiga bor, kerilganning toʻyiga bor.
- Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan.
- Mehmon otangday ulugʻ.
- Mehnat, mehnatning tagi rohat.
- Ming marta eshitgandan, bir marta koʻrgan yaxshi.
- Minnatli oshdan, beminnat musht yaxshi.
- Mol achchigʻi - jon achchigʻi.
- Mugʻombir oʻz tumshugʻidan ilinar.
N[tahrirlash]
- Nima eksang shuni oʻrasan.
- Nodon doʻstdan,ziyrak dushman yaxshi.
- Nomi ulugʻ - suprasi quruq.
- Nomus oʻlimdan kuchli.
- Non ham non, ushogʻi ham non.
- Nafsi gʻolib hayitda oʻladi.
- Nimani hor qilsang shunga zor boʻlasan.