Kontent qismiga oʻtish

Oraziy

Vikiiqtibosdan olingan
Oraziy
Vikipediyadagi maqola

Oraziy (taxallusi; asl ismi: Alixon Mullaoxun oʻgʻli; 1867-yil, Namangan – 1942-yil) – shoir, oʻqituvchi va kotib.



  • Aduvdin doʻstlikni tutma umid,
    Ki, boʻlmas jam’ hargiz oʻt bilan suv[1].
  • Agarchi koʻrsatsa lutfu niyoz,
    Kin ahliga takya qilmoq yomon,
    Inonmoq ziyondur, ziyondur, ziyon[1].
  • Ayda mustahkam ishingni ey ulugʻ oʻgʻul,
    Har na kim hikmat eli der ayla qabul[1].
  • Bilsang, topsang ilojin, boʻlmagil nodonga doʻst,
    Ittifoq boʻlsang, izhor etmagil asrordin[1].
  • Birovkim uzni bilmas, bilguvchi yoʻl boshlasa yurmas.
    Sovurgʻon, pir urgon jumla nodonlikdan avlodur[1].
  • Bizni xorlikka solgan, begumon bildik – bilimsizlik
    Degaymiz ong uchun, oh, ongsizlik – bilimsizlik.
    Demoqchiman ilm, odob tugsin, fazl oʻlib nomi,
    Oʻshandogʻ bir oʻgʻildin lazzat olsin bu jahon komi,
    Bilim shundogʻ boʻlganda, yer yuzida qolmasin omi,
    Boʻlur ul onda inson bir-biriga lutf-ehsonlik[1].
  • Bu jahonga kelding ey tan, boʻlmagil andishasiz,
    Barkamol koʻklab turolmaydi daraxti reshasiz.
    Ayla islohi hayoting, fikr etib odob qil,
    Qilmagʻil umringni zoye dangasa, nobop ila[1].
  • Boʻlmoq kerak hamisha insonda toza gʻayrat,
    Qoʻl ushlashib ish ishlang bir-biringga bomuhabbat[1].
  • Doʻst shunday kishiki, u hech qachon oʻz doʻstidan narsasini ayamaydi. Mol uchun xasis va baxil boʻlgan kishidan doʻstlik kutib boʻlmaydi[1].
  • Har kimsaning makoni oʻlsa sahro,
    Quruq choʻpdek qurutgusi harorat[1].
  • Har kishikim zulmdan xanjar chekar,
    Dahr oʻzining oni birla bosh kesar[1].
  • Har yerda rasm mehru vafo koʻproq oʻlgʻusi,
    Jamiyatda huzuru safo koʻproq oʻlgʻusi[1].
  • Hasmi donoki, ofati jondur,
    Yaxshiroq doʻstdinki, nodondur[1].
  • Hunar bir boʻlub yopmish ayb,
    Qilur doʻst ul bir hunarga nazar[1].
  • Husnu suratga boqib oshifta boʻlma, ey koʻngul,
    Aqli boʻlmay hur tal’at boʻlsa ham darkor emas[1].
  • Hushyor shunday odamki, qoʻlida borini diqqat bilan saqlaydi. Bugungi ishni ertaga qoldirmaydi[1].
  • Istasangkim boʻlgʻosen, ey dil, nekoʻ,
    Boʻl hamisha rost koru, rost xoʻ[1].
  • Jaholat ahliga hargiz qoʻshilma, to tiriksan,
    Jaholat ahlidin ming yoʻl fuzundir misli hirsu it[1].
  • Kimiki axloqi zohiri xushdur,
    Ani hargiz yomon gumon qilma[1].
  • Kimki mehru ahldin begonadur,
    Koʻngli ichra oshnoligʻ boʻyi yoʻq[1].
  • Kimki oyini zulm pesha qilur,
    Oʻzi oʻz boʻyniga kamand solur[1].
  • Kishikim ilm ila boʻlsa tavongar,
    Ne gʻam gar yoʻqtur ango zaru guhar[1].
  • Mansab uchun lof urarlar, base,
    Mol uchun jahd qilurlar base[1].
  • Mard boʻlsang, oʻz soʻzingni qilma koʻp beeʼtibor[1].
  • Mard kelding, mard ketgil, toqating toq boʻlsa ham,
    Oʻtma nomard koʻprigidan suv seni oqizsa ham[1].
  • Mashaqqat chekmayin aslo kamola yetmas insonlik,
    Yigitlikda yarashmas har ishda boʻlmoq parishonlik[1].
  • Qilma haddingdan tajovuz, topmayin desang shikast,
    Kibr ila magʻrurlar, koʻrdingmi, qandogʻ boʻldi past[1].
  • Rohat muyassar ulmas to chekmasang mashaqqat[1].
  • Yegil zerdastlar gʻamin zinhor,
    Sanga ham zabardast erur roʻzgʻor[1].
  • Yer yuzi bir dashtu sahro boʻlsa, gulzori ilm,
    Sahnai olamni boʻlmoqda namudori ilm.
    Ilmu fan birla qurollanmoqda sardori ilm,
    Ilm oʻqi, hech bir jonga yetkurmaydi ozor ilm[1].
  • Yetishni jazm etib har ishda boʻlsang boʻl sabot ila,
    Agarda qilmasang har ishingni ehtiyot ila,
    Qachon yuz bergay, oʻgʻlum, bu jahonda shodu xandonlik[1].
  • Yigitlikka yarashgay qahramonlik birla polvonlik,
    Tengu tush fazlu hunar topmoqda maktabda yurib,
    Koʻcha-koʻyda sen yurib chekmoq alam darkor emas,
    Kundalik umringni oʻrganmogʻu oʻrgatmoqqa bor,
    Bu jahonda hech bir ish koʻrki nodarkor emas[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.