Kontent qismiga oʻtish

Pirimqul Qodirov

Vikiiqtibosdan olingan
Pirimqul Qodirov
Vikipediyadagi maqola

Pirimqul Qodirov (1928-yil 25-oktyabr, Xoʻjand viloyatidagi Kengqoʻl qishlogʻi – 2010-yil 20-dekabr, Toshkent) – oʻzbek yozuvchisi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]

Asarlari

[tahrirlash]
  • Hamma ishda tanaffus boʻlmogʻi mumkin, ammo hokimiyat aravasi kecha-yu kunduz tinimsiz yurgay, sal bexabar qolsangiz manfaatparastlar uni boshqa tomonga burib ketgaylar yoki tashqi gʻanimlar gʻaflat paytida kelib tortib olgaylar.
  • Olov oʻtinni qanday tez yeb bitirsa, tama-yu boylik imonni shunday tez yeb bitirgay
  • Har birimizning ichimizda nafs, obroʻparastlik, boshqa oʻjar istaklar borki, ular goho tashqi dushmandan ham xatarliroq boʻlur. Ularni yengish – oʻrmondagi arslonni yengishdan ham kattaroq matonat talab qiladi.
  • Yomonlik bu quturgan it ekan. Maʼlumki it qutursa egasini qopgay. Yomonlik ham bir kun oʻz egasining boshiga yetarkan…
  • Hokimiyat oʻzi nima? Soddaroq qilib aytganda, minglab asov otlar qoʻshilgan ulkan arava! Ming gʻildirak hammasi tinimsiz harakatda, ming otning tizginlarini kimdir toʻgʻri yoʻlga solib turmogʻi lozim. Sal bexabar qolsangiz, otlarning bir qismi aravani boshqa yoqqa olib qochib ketgay, botqoqqa botqizib qoʻygʻay, hatto bu jarga agʻdargʻay. Oraga boshqa odamlar suqulsa-yu, tizginlarning bir qismini bu yoqqa bursa, bir qismini u yoqqa bursa, arava sarson boʻlib, jarga qulab tushmagaymi?
  • Onalar bolasini „erkam“ deb suyadi. Keksalar „yurtingda erka boʻl“ deb duo qiladi. Shunga qaraganda erk azaldan tanqis boʻlgan ekan-da.