Poshshoxoja
Qiyofa
Poshshoxoja | |
![]() |
Poshshoxoja, Poshshoxoʻja Abdulvahobxoja oʻgʻli, Xoja (1480-yil, Niso – 1547-yil, Buxoro) – shoir, davlat arbobi va yirik ulamo.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]- Ajdaho bilan urush qilgan kishi polvon emas,
Pahlavon uldurki, gʻolib boʻlsa, kim oʻz nafsiga[1]. - Alifdek agar rost boʻlsang mudom,
Senga olam ichra topilmas nazir[2].
H
[tahrirlash]- Haqiqat ahlikim, chekti bu olam ichra mehnatni
Oʻshal mehnat ila oxir topar joh ila davlatni[3]. - Hech kim ustozsiz topmas jahonda izzu joh,
Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur[4].
K
[tahrirlash]- Kimki saning aybingni aytur sanga,
Shafqat ila lutfu karam qil anga[5].
O
[tahrirlash]- Odam ulki jahonda yaxshi soʻzdin pand olur,
Qolmas ushbu odam, ammo olam ichra soʻz qolur[6].
Q
[tahrirlash]- Qaydakim chubchuq malaxni koʻrsa boʻlur shahboz,
Vale shahboz oldida bordur malahdin ham zabun[7]. - Qayu xazinaga zulmning bir aqchasi kirsa,
Ul xazinani yiqmay qoʻymas[8][9].
R
[tahrirlash]- Raiyat erur mevalik bir yagʻoch,
Suv bersang ango, meva berur sango[10]. - Rost soʻz ar taʼbingta kelsa yomon,
Dema yomonki, erur ul nushi jon[2].
T
[tahrirlash]- Tiriklik yeru dildor ila xushtur,
Tiriklikni netarsan, boʻlmasa yor…
Kishi yolgʻiz jahonda boʻlmadi shod,
Nechakim olamda boʻlsa shahriyor[11].
Y
[tahrirlash]- Yaxshi avsof bila qil ushbu jahon ichra suluk,
To saning avsofing oʻlgʻay olam ichra doston[12].
X
[tahrirlash]- Xalqqa lutfni kam qilmagʻil,
Hech kishiga javru sitam qilmagʻil[13].
Gʻ
[tahrirlash]- Gʻiybat, badgoʻygʻa solma quloq,
Doim oʻshal toifadan boʻl yiroq[14].
Sh
[tahrirlash]- Shoʻbon boʻlmasa qoʻydin boxabar,
Boʻridin yetar anga har dam zarar[15].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 175.
- ↑ 2,0 2,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 211.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 220.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 17.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 128.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 111.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 145.
- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 194.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 71.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 178.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 225.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 167.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 187.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 66.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.