Kontent qismiga oʻtish

Qadam

Vikiiqtibosdan olingan

Qadam — Oʻzbekistonlik bloger va tadbirkor Sanjar Xoʻjaning insonning shaxsiy rivojlanishi, kamol topishi haqidagi kitobi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Haqiqiy ishonch bu — koʻrinmaganiga, mavhum narsaga ishonishdir. Agarda siz koʻrinmaganiga ishonsangiz, hayotda boshqalarga maʼlum boʻlmagan koʻp narsalarni koʻrasiz.
  • Insonlar hayotda faqatgina ikki xil koʻrinishda yashaydi:
    — hayotda roʻy bergan voqealarga nisbatan kurashib;
    maqsad belgilab, unga erishish uchun oldinga intilib.
  • Hayotingizdagi eng katta toʻsiq bu — sizning bir-biriga ikki tomchi suvday oʻxshash odatiy turmush tarzingizdir.
  • Hattoki bir asr avval bobolarimiz bilim olish uchun yuzlab kilometr masofani otda bosishgan boʻlsa-yu, bugungi davrda uyda oʻtirib dunyodagi barcha tillarni oʻrgana oladigan vaziyatda hech boʻlmasa uchta til bilmasligingiz — sizning kamchiligingizdir!
  • Boshqalarning mingta aybini koʻrib, ayblash sizga biror foyda bermaydi. Oʻzingizdagi bitta kamchiligingizni koʻrish, sizni qadrli inson qiladi.