Qalb (arabcha: قلب – yurak, dil; oʻrtalik, markaz; lashkarning oʻrtasi) — islomda inson shaxsiyatining markazi hisoblanadi. Koʻngil, dil, yurak deb ham yuritiladi. Qurʼonda „qalb“ soʻzi 132 marta zikr qilingan. Qurʼon va hadislariga koʻra, qalb inson hayotida markaziy oʻrin egallaydi, yaxshilik va yomonlik, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarning manbai sifatida xizmat qiladi. Islomda Alloh insonning amallaridan koʻra koʻproq uning qalbidagi niyatlariga eʼtibor beradi.
Allohgaiymon keltirganimiz uchun ham koʻngilga eʼtibor beramiz, insonlarning koʻnglini olish, koʻnglini koʻtarishga, xayr-duosini olishga harakat qilamiz[3].
Bandaning qalbi yomonlikdan poklanishi uchun unga solihlar bilan suhbatlashishdan ham foyda]liroq narsa yoʻq. Shuningdek, fojirlar bilan hamsuhbat boʻlishdan koʻra katta zarar yoʻq[5].
Goʻzal sifat va husni xulq siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar koʻrkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forigʻ boʻlmas[10].
Ibodatning asosi uch ustunga ega: koʻz, qalb, til. Koʻz — borlikdan ibrat olish uchun, qalb — tafakkur uchun, til — toʻgʻri soʻzni aytish va Allohni zikr etish uchundir[4].
Masʼuliyatsiz, kayf-u safo ichra yashash ishtiyoqi va gunohlar qalbni butunlay oʻrab oladi. Yaxshilik va haqiqat tuygʻulari endi qalbga qanday qilib kirsin?![16]
Qalbda pok tuygʻular va oxirat qoʻrquvi boʻlgan bir paytda nafsning havoyi orzulariga berilgan bir hayotkeladi-da, uning tinchliginibuzib, oʻziga bir joy ochmoqchi boʻladi[21].
Qalb kasallarini davolash besh ish bilan boʻladi: Qurʼonni tadabbur bilan (maʼnosini anglab) tilovat qilish, kechasi tahajjud namozi oʻqish, saharlarda Allohga yolvorish, doʻstlar bilan suhbat va kam yeyish[9].
Qalb gʻaybga va maʼnaviy olamga, aql esa zohirga va moddiy olamga ochilgan darchadir. U holda birinchini ikkinchi bilan izlash – ahmoqlik, ikkinchini birinchi bilan izlash esa gʻaflat va nodonlikdir[26].
Tamom umringizda har bir yomonlikdan va bekorchilikdan saqlaning. Inson oʻz uyining eshigini bekitib, vujudini saqlay oladi-yu, lekin qalbining eshigini bekitishdan ojiz boʻladi. Qalbiga qaygʻu, alam koʻp vaqt hujum qilib turadi[28].
Oʻn olti yildan beri toʻyib ovqatlanmadim. Zero, koʻp yeyish badanni ogʻirlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi[32].
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.