Qanoat
| Qanoat | |
|---|---|
|
Xotirjamlik va qanoat (inglizcha: Peace and contentment), Eduard von Grützner (1897) | |
| Qardosh loyihalar | |
Qanoat (arabcha: قناعت) — qismatga rozi boʻlish, taqdir etilgan narsalarga mamnun boʻlish, jizzaki va shoshqaloq boʻlmaslik, qoʻlidagiga rozi boʻlish, oʻzgalarning moliga va haqiga koʻz olaytirmaslik, yeyish, kiyinish va maskan ehtiyojini zarurat chegarasida saqlash, isrofga yoʻl qoʻymaslik, tejamkorlikka rioya qilish, ochkoʻz boʻlmaslik.
A
[tahrirlash]Agar odamlar oʻzida mavjud narsalar bilan qanoatlanganda, maymunlar kabi daraxtlarda yashab yurgan boʻlardilar[1].
Azizim, har kim qanoat boyligiga ega boʻlsa kimsaga yalinmaydi. Har kim xirs balosiga mubtalo boʻlsa, uning hayoti doimo ozor ichidadir[3].
B
[tahrirlash]Boy boʻlishni istasang — qanoatli boʻl.
Boshqalarda koʻrganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi[5].
D
[tahrirlash]Dono kishilar: „Qanoat tuganmas boylikdir, qanoatli kishi hech qachon kambagʻal boʻlmaydi, chunki uni hech kimga ishi tushmaydi. Qanoatsiz kishi esa gadoyga oʻxshaydi, uning hamma narsasi boʻlsa ham koʻzi tuymaydi, koʻproq topishga intiladi, narsa uchun odamlar oldida bosh egadi“, — deydilar[7].
I
[tahrirlash]Ikki toifa odam boʻladi: biri topganiga qanoat qilmay qidirishda boʻladi, ikkinchisi esa topolmaydi, biroq qidirishda boʻladi.
K
[tahrirlash]Kim dunyolikni qattiq istasa-yu, unga bu berilsa, bunga hech qachon qanoat qilmaydi, yana istaydi. Kim oxiratlikni qattiq istasa-yu, unga bu berilsa, u ham bunga qanoat qilmaydi, yana istaydi. Na dunyolik orzularining, na-da oxiratlik orzularining soʻnggi bordir[10].
M
[tahrirlash]Men hech kimdan biror narsa soʻramayman. Soʻramasimdan nima bersa, olaman[11].
O
[tahrirlash]Ozga qanoat qilmagan koʻpga yetmaydi.
Ochkoʻzlik — kambagʻallik, qanoat — boylikdir. Kimningki koʻzi odamlarning mol-mulkida boʻlmasa, ularga muhtoj boʻlmaydi[13].
Q
[tahrirlash]Qanoat deb yemak-ichmakni Alloh taolodan olmoqqa aytiladi[14].
Qanoat kishini qudratli qilur[15].
Qanoatli kishi och va yalangʻoch boʻlsa ham boydir. Dono boʻlsa ham amirdur.
Qanoatli kishi qiyinchilikka, vijdonli kishi bechoralik kuyiga tushmaydi.
Qanoatli qul ozod, ozod tamagir esa quldir.
Qanoatning yana bir koʻrinishi yeyish-ichishda bilinadi. Ozgina ovqat yeyishga qanoat qilgan kishi kam kasal boʻladi.
T
[tahrirlash]Tinch yashay desang, qoʻlingda boriga qanoat qil.
U
[tahrirlash]Ulugʻ kishilarning yoqimli xislatlaridan biri qanoatdir. Qanoatli kishi hech qachon xor boʻlmaydi. Aksincha kishida qanoat boʻlmasa topgan-tutganiga sabr qilmay, koʻpiga intilsa oqibat xorlik tortadi.
Oʻ
[tahrirlash]Oʻz toʻningga agar solsang yuz yamoq,
Oʻzga toʻnin soʻragandan yaxshiroq[20].
Yana qarang
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Oqil Abdubarnoyev. „Janni Rodaridan iqtiboslar“. Jadid.uz (23-oktyabr 2024-yil). Qaraldi: 9-fevral 2025-yil.
- ↑ Tursun 2006, s. 71.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 139.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 199.
- ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 85.
- ↑ Tursun 2006, s. 18.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 74.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 141.
- ↑ Tursun 2006, s. 73.
- ↑ Tursun 2006, s. 102.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 171.
- ↑ Tursun 2006, s. 78.
- ↑ Tursun 2006, s. 50.
- ↑ Tursun 2006, s. 89.
- ↑ Tursun 2006, s. 86.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 138.
- ↑ Tursun 2006, s. 94.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 163.
- ↑ Tursun 2006, s. 103.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.