Rabindranat Tagor
Qiyofa
| Rabindranat Tagor | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
7-may 1861 Kalkutta |
| Vafoti |
7-avgust 1941 Kalkutta |
| Qardosh loyihalar | |
Rabindranat Tagor (7-may 1861-yil, Kalkutta; 7-avgust 1941-yil, Kalkutta) — bengal tilida ijod qilgan romannavis, bastakor, dramaturg, rassom, qissanavis, esseist, vokalist va aktyor. U bengal tilining eng buyuk adabiyot arbobi hisoblanadi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Hammadan ham menga Rossiyada xususiy mulkchilik kayfiyatining batamom yoʻqligi koʻproq yoqdi. Shuning oʻziyoq xalqda qadr-qimmat hissining uygʻonishiga olib kelgan[1].
- Agar sen barcha ishtibohlarga eshigingni berkitsang, haqiqat ham tashqarida qoladi.
- Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz.
- Er-xotinlik — sanʼat va uni har kuni yangilab turish kerak.
- Shunchaki qarab yoki turib dengizni kesib oʻta olmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.
- Hatto qaroqchilar toʻdasi ham qandaydir axloq talablariga rioya etishi kerak; ular butun dunyoni talashlari mumkin, lekin bir-birlarini emas.
- Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.
- Ruhingni tushirma, niyatingdan qaytma. Doʻstim, sening yoʻling bitta: oʻzingni takomillashtir va begonaga xizmat qilma. Muhokamalar-u toʻsiqlardan choʻchima.
- Iztirob hayotdagi barcha qadrli narsalar: kuch-quvvat, aql-farosat, muhabbat uchun toʻlovdir.
- Mast oʻzini qanchalik baxtiyor his etmasin, u haqiqiy baxtdan juda uzoq. Chunki uning bu baxti boshqalar uchun koʻrgilik; bugungi baxti ertangi baxtsizligidir.
- Kuchini koʻrsataveradigan odam kuchsizligini isbotlaydi, xolos.
- Maqtov meni pastga uradi, chunki uni ichimda oʻzim soʻrab turaman.
- Qurigan daryoga oʻtmishi sabab rahmat aytmaydilar.
- Yaxshi gaplarni koʻpchilik gapirishi mumkin, lekin tinglay oladiganlar kam, sababi, u aqlning kuchini talab etadi.
- Vijdonimizning ovozini eshitmaslik uchun shovqinli olomon ichiga oʻzimizni uramiz.
- Yulduzlar oʻzlarini tillaqoʻngʻiz deb oʻylashlaridan qoʻrqmaydi.
- Muhabbatning haqiqiy goʻzalligini faqat sadoqatli ayolgina his qiladi.
- Odam hayvonga aylanganda hayvondan yomondir.
- Rohat-farogʻatlarga koʻmilib, lazzat hissidan mosuvo boʻlamiz.
- Baxt oʻzini tiya oladigan odamlarga nasib etadi. Orzularing amalga oshishini istasang, ularni tiyib tura bil.
- Hamma haqiqatni aytishga chogʻlanmagan paytingda samimiy boʻlish oson.
- Pessimizm qalb alkogolizmining bir koʻrinishidir.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Voronsov 1989, s. 14.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.