Sidqiy Xondayliqiy
Qiyofa
Sidqiy Xondayliqiy | |
![]() |
Sidqiy Xondayliqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund oʻgʻli; 1884-yil – hozirgi Boʻstonliq tumani Xondayliq qishlogʻi – 1934-yil) – shoir, xattot, tarjimon.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]- Adovat qilur barcha millatni yoʻq,
Adovat qilur mehr-u shafqatni yoʻq.
Adovat qilur barchani xor-u zor,
Adovat qilur elni beeʼtibor. - Agar (doʻst) xolis va toza chiqsa, aning birla doʻstlik qilgʻil.
Yoʻq ersa, oni oʻz siringdin ogoh qilmagʻil…[1]
D
[tahrirlash]- Dehqon oʻgʻli, sogʻ boʻl, mudom yasha,
Shodlik bilan subhu shom yasha[2]. - Doʻstliq uldirki, senga inʼom qilgʻay. Doʻstliqdin oshuqcha ish budurki, sanga inʼom qilmagʻay va oʻz haqingni oʻzungga qoʻygʻay[3].
H
[tahrirlash]- Haq taolo uch firqani doʻst tutqay va uch firqani doʻstroq tutqay: porso va obidni doʻst tutqay, porso yigitni doʻstroq tutqay; juvonmardni doʻst tutqay, juvonmard faqirni doʻstroq tutqay; tavozeʼ qilgʻuvchini doʻst tutqay, tavozeʼ qilgʻuvchi izzat egalarini doʻstroq tutqay[3].
- Haq taolo uch firqani dushman va uch firqani dushmanroq tutqay: fosiqni dushman tutqay, fosiq olimni dushmanroq tutqay; baxilni dushman tutqay, baxil boyni dushmanroq tutqay; mutakabbirni dushman tutqay, kambagʻal mutakabbirni dushmanroq tutqay[3].
- Har doʻstki dunyoliq gʻarazi birla doʻst boʻlur boʻlsa, oz nimarsa sababi birla dushman boʻlur va har doʻstki rost doʻst – ul dunyoliq vajhi birla ayrilmagʻay. Va shijoat ahlini jang maydonida sinasa boʻlur va diyonat arbobini muomala birla ozmoyish etsa mumkindur. Va xotun birla farzandlarning mehr-u vafosini qashshoqlik va kambagʻal chogʻida imtihon qilsa boʻlur. Va doʻstlarning haqiqatini musibat kunlarida bilsa boʻlur[3].
- Har kim beayb doʻst istasa, anga doʻst topilmagʻay
Va kimki doʻstga har xitob uchun itob qilsa, dushman koʻpaygay[4]. - Har kishining ruhi ilm birla quvvatlansa, shafqatli va betama boʻlur[5].
- Hushyor kishi ul erurki, agar olamni hammasi ani xusumatigʻa tursalar, aning hech kim birla xusumati boʻlmagʻay…[3]
O
[tahrirlash]- Ofiyat, yaʼni salomatlik uch qismdur: ofiyati tan va ofiyati mol va ofiyati din. Tanning ofiyati kam yemoqda va kam jimo etmoqda erur va molning ofiyati adoi zakot etmoq va hojat elini(ng) siylamoqda boʻlur va dinning ofiyati nafsning havosidin qochmoq va koʻngulni kina birla hasaddin pok etmoqda erur[3].
Q
[tahrirlash]- Qobil kishini tarbiyat qilgʻil va noqobilni tarbiyat qilmagʻilki, qobiliyatlikni tarbiyat qilmasdan noqobil kishini tarbiyat qilmoq zulm turur[3].
S
[tahrirlash]- Sodiq doʻst uldurki, qachonki saning aybingdin ogoh boʻlsa, ani izhoriga saʼy qilgʻay. Agar sirringdin ogoh boʻlsa, yoshurgʻay. Saning toʻgʻringda ehson qilsa, dilida tutmagʻay va sandin anga biror foyda yetsa, faromush qilmagʻay va sandin biror xato va norasoliqni fahm qilsa, yuz oʻgurmagʻay va uzr aytsang, qabul qilgʻay[3].
T
[tahrirlash]- Toʻrt nimarsa nodonlik dalili turur: biri oʻzidin donoroq bila janjal qilishmoq, ikkinchisi sinamagʻan kishiga ishonmoq, uchunchi xotunlar makridin emin boʻlmoq saʼyi, toʻrtinchisi yosh bolalar birla oʻlturushmoq[3].
U
[tahrirlash]- Uch nimarsaga uch nimarsadin chora yoʻqdur: podshohqa siyosat lozimdur, vazirgʻa omonatdorliq lozimdur, fuqarogʻa itoat va farmonbardorliq lozimdur[3].
- Uch nimarsaning baqosi boʻlmagʻay: bahs va jadalsiz ilm, va tijoratsiz mol, va siyosatsiz mulk[3].
V
[tahrirlash]- Vatan nadir, tuqqan yerim, turgon yerim,
Oʻsib-unib, oʻynab-kulib yurgon yerim.
Vatan menga haqiqatda qundoq kabi,
Tarbiyaning negizini qurgʻon yerim[6].
Y
[tahrirlash]- Yasha sen barcha el topar rohat,
Izzat avjida nakoʻnom yasha[2].
X
[tahrirlash]- Xolis doʻst uldurki, suhbatlashmoqda malul boʻlmagʻay, mehnat birla rohatda oʻzgacha boʻlmagʻay, hozir va gʻoyiblikda boʻlaklanmagʻay[1].
- Xush qiligʻliq boʻlur saodatmand,
Xohlamaski, yeturgʻay elga gazand[7].
Z
[tahrirlash]- Zoʻr birla xushbaxtlik hosil boʻlmas[8].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 46.
- ↑ 2,0 2,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 225.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 Ziyouz.uz – Ziyo istagan qalblar uchun!
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 44.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 12.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 71.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 92.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 222.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.