Kontent qismiga oʻtish

Thomas Mann

Vikiiqtibosdan olingan
Thomas Mann

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 6-iyun 1875
Lübeck
Vafoti 12-avgust 1955
Syurix
Qardosh loyihalar

Thomas Mann (talaffuzi: Tomas Mann; 1875-yil 6-iyun — 1955-yil 12-avgust) — nemis yozuvchisi. Dastlabki yirik asari — Lyubek aslzodalari naslining toʻrt avlodi taqdiri toʻgʻrisidagi romani “Buddenbroklar” (“Bir oila inqirozi”) bilanoq keng jamoatchilikka tanilgan.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Agar biror fikr butun vujudingni qamrab olgan boʻlsa, u seni har qadamda taʼqib etadi, hatto havoda ham uning hidini sezasan[1].
  • Axloq va hayot bir butundir. Axloq — hayot tirgagi, axloqli odam hayotning chinakam fuqarosidir[1].
  • Axloq, shubhasiz, hayotda eng muhimidir[1].
  • Azob-uqubat koʻrmagan odam bir umr yosh bola boʻlib qolaveradi[1].
  • Barcha istak va harakatlarimiz asablarimizning ehtiyojlari sabab dunyoga keladi. Bu ehtiyojlarni soʻz bilan taʼriflash qiyin[1].
  • Baxt va muvaffaqiyat — oʻzimizda, ichimizdadir[1].
  • Baʼzi odamlar bilan yashash qiyin, lekin ularni tashlab ketish ham oson boʻlmaydi[1].
  • Bizning qoʻrquvimiz — dushmanlarimiz mardligining manbasidir[1].
  • Bu yerda yangi inson va yangi davr oʻz ibtidosini olmoqda. Qiyosi yoʻq va mislsiz olam bunyod boʻlmoqda[2].
  • Faqat oʻlimgina azob-uqubatlarni hurmatlashga oʻrgata oladi[1].
  • Mukammallik katta quvonch olib keladi[1].
  • Mutlaqo begona odamlarning bir-biriga “sen” deb murojaat qilishi yovvoyilik, qoloqlik, odobsizlik belgisidir. Men buni jinimdan battar yomon koʻraman. Chunki bu, mohiyatiga koʻra, sivilizatsiyaga va insoniyat taraqqiyotiga surbetlarcha, vijdonsizlarcha qarshi yoʻnaltirilgandir[1].
  • Nahotki men hayotni, bu toza, shafqatsiz va qudratli hayotni yomon koʻrgan boʻlsam? Bekor gap. Tushunmovchilik bu. Men uni yenga olmaganim uchun oʻzimni yomon koʻrganman, xolos[1].
  • Nuqsonni yoqlash bilan fazilatlar haqorat qilinadi.[1]
  • Oilada hamma bir-birini himoya qilishi kerak, aks holda, koʻrgiliklar eshik qoqib keladi[1].
  • Orzular ushalganda eng yaxshi narsalar ortda qoladi[1].
  • Qoʻpollik sizni istagan odam bilan bir joyga qoʻyadi; faqat adabgina masofa hosil qila oladi[1].
  • Rus inqilobi insoniyat uchun koʻpdan-koʻp avlodlar hayoti davomida roʻy borgan eng muhim voqeadir[3].
  • Sanʼat insonning ezgulikka, haqiqatga, komillikka gʻayriixtiyoriy va azaliy intilishining eng goʻzal, eng qatʼiy, eng quvonchli va ezgu timsolidir[1].
  • Urush — tinchlik davridagi muammolardan qoʻrqoqlarcha qochishdir[1].
  • Vaqt bilim, tajriba va xizmatni orttirish uchun berilgan eng qiymatli sarmoyadir[4].
  • Vaqtni qoʻlingda tut! Har bir soat, har bir daqiqani asra. Nazorat qilmasang, kaltakesakday sirgʻalib qochib ketadi. Har bir lahzani halol va munosib amallar bilan beza! Vaqtga salmoq, mazmun va nur bagʻishla[1].
  • Vaqt undan foydalanib aqlliroq, yaxshiroq, pishiqroq va mukammalroq boʻlishimiz uchun berilgan qimmatbaho sovgʻadir[1].
  • Xunuk holatlarni ham oʻz foydasiga uyalmay oʻzgartira olish yashovchanlik qobiliyatining belgisidir[1].
  • Oʻz erki, oʻz mustaqilligi, oʻz baxtini yaratish uchun odamlar qay yerdaki kurash olib bormasinlar — hamma joyda Sovet Ittifoqining ulugʻ timsoli ular bilan yonma-yon turadi[5].
  • Shoir ijodiy toʻqimalari sabab emas, ilohiy iqtidor tufayli dunyoga keladi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!
  2. Voronsov 1989, s. 14.
  3. Voronsov 1989, s. 15.
  4. Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  5. Voronsov 1989, s. 13.

Adabiyotlar

[tahrirlash]