Kontent qismiga oʻtish

Victor Hugo

Vikiiqtibosdan olingan
Victor Hugo

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 26-fevral 1802
Besançon
Vafoti 22-may 1885
Parij
Qardosh loyihalar

Victor Marie Hugo (talaffuzi: Viktor Gyugo; 1802-yil 26-fevral — 1885-yil 22-may) — fransuz yozuvchisi, shoir va dramaturg. Fransuz romantitsizmining boshligʻi va nazariyachisi. Fransuz akademiyasining aʼzosi (1841).

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Birovga qilingan yaxshilik kishini shunisi bilan rom etadiki, u shafaqqa oʻxshab oxiri oʻchib ketmaydi, qaytaga yanada yorqinlashib oʻzimizga qaytib keladi[1].
  • Dil goʻzalligi bilan yoʻgʻrilmagan hech qanday tashqi husn mukammal boʻla olmaydi[2].
  • Ezgulik insonning maʼnaviy olamidagi quyoshdir[3].
  • Farzandini yoʻqotgan ona uchun har kuni birinchi kun, bu azob eski emas.[manba kerak]
  • Farzandlarini yoqtirmaydigan otalar boʻlishi mumkin, ammo nevarasini aqldan ozdiradigan bironta bobo boʻlishi mumkin emas.[manba kerak]
  • Insonlar tashqi koʻrinishini yaxshilashga eʼtibor qaratgani uchun hamma porlab, chaqnab turadi. Tashqaridan hamma benuqson. Vijdonlari va ichki dunyosiga diqqat qilganimizda esa tashlandiq, hidlangan quduqlar borligini koʻramiz[4].
  • Inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi, shu sababli, fikr yuzda aks etmaydi, deb oʻylash xatodir[5].
  • Izmir oʻzining chiroyli kichkina shlyapasi bilan malika.[manba kerak]
  • Xalq uchun mehnat qilish — kechiktirib boʻlmaydigan vazifadir[7].
  • Xotinlar zaifdir, ammo onalar quvvatlidir.
  • Oʻz vataniga dogʻ tushirish — uni sotish degan soʻz[8].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Voronsov 1989, s. 43.
  2. ↑ Voronsov 1989, s. 45.
  3. ↑ Voronsov 1989, s. 41.
  4. ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet. 
  5. ↑ Voronsov 1989, s. 44.
  6. ↑ Voronsov 1989, s. 10.
  7. ↑ Voronsov 1989, s. 33.
  8. ↑ Voronsov 1989, s. 21.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.