Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Lenin

Vikiiqtibosdan olingan
Vladimir Lenin

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 22-aprel 1870
Ulyanovsk
Vafoti 21-yanvar 1924
Bolshiye Gorki
Qardosh loyihalar

Vladimir Ilich Lenin (ruscha: Владимир Ильич Ленин, haqiqiy familyasi Ulyanov; 10/22-aprel 1870-yil, Simbirsk – 21-yanvar 1924-yil, Gorki qishlogʻi, Moskva Guberniyasi) — rus va sovet ateisti hamda proletariat dohiysi, inqilobchi, Bolsheviklar partiyasining yaratuvchisi, 1917-yildagi Oktabr inqilobining tashkilotchilaridan biri, RSFSR va SSSR Xalq Sovet Kommisarlari raisi, faylasuf, marksistchi, nashriyotchi, marksizm-leninizm yoʻnalishining asoschisi, uchinchi kommunistik internationalning tashkilotchisi, Sovet imperiyasining asoschisi. Asosiy izlanish ishlari sohasi — falsafa va iqtisod.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Agar ishchilar koʻproq ish haqi uchun ish tashlash qilsa, ular birlashadi. Ular yahudiylarning kaltaklanishiga qarshi ish tashlashganda, ular haqiqiy sotsialistlardir[1].

Agar sotsializm burjuaziya madaniyati, kapitalizm madaniyati yaratgan texnikadan, madaniyatdan, apparatdan foydalanishni oʻrganmaganida u yuzaga chiqmagan boʻlur edi[2].

Социализм был бы невозможен, если бы он не научился пользоваться той техникой, той культурой, тем аппаратом, который создала культура буржуазная, культура капитализма[3].

Amaldagi internatsionalizm bitta va faqat bittadir; oʻz mamlakatingdagi revolyutsion harakat va revolyutsion kurashni rivojlantirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatib ishlash, xuddi shunday kurashish, xuddi shunday yoʻlni, faqat shunday yoʻlni bemustasno barcha mamlakatlarda (tashviqot, hamdardlik, moddiy jihatdan) qoʻllab-quvvatlashdir[4].

Интернационализм на деле — один и только один: беззаветная работа над развитием революционного движения и революционной борьбы в своей стране, поддержка (пропагандой, сочувствием, материально) такой же борьбы, такой же линии, и только ее одной, во всех без исключения странах[5].

Axloq kishilik jamiyatining yuksalishi uchun xizmat qiladi[6].

Нравственность служит для того, чтобы человеческому обществу подняться выше...[7]

Barcha mamlakatlar ishchilarining birligi va qardoshlik ittifoqi boshqa xalqlar ustidan boʻladigan u yoki bu tarzdagi zulm bilan kelishi olmaydi[8].

Единство и братский союз рабочих всех стран не мирятся ни с прямым, ни с косвенным насилием над другими народностями[9].

Barcha yaramas va ahmoqona milliy xurofotlarni uloqtirgan, barcha millat ishchilarini bir ittifoq qilib birlashtirgan taqdirdagina ishchilar sinfi nurqudrat boʻla oladi va kapitalga zarba berib, hayot farovonligiga chinakamiga erishadi[4].

Только отбрасывая все дикие и глупые национальные предрассудки, только сливая в один союз рабочих всех наций, может рабочий класс стать силой, дать отпор капиталу и добиться серьезного улучшения жизни[5].

Biz doimo barcha millatlar proletariatining eng mustahkam birikuviga soʻzsiz intilishimiz kerak[8].

Мы должны всегда и безусловно стремиться к самому тесному соединению пролетариата всех национальностей[9].

Biz eng eski, qudratli, yovvoyi va yirtqich monarxiyalardan birini bir necha kun ichida yemirib tashladik... Biz barcha mamlakatlardagi million-million ishchilarda oʻz kuchlariga ishonch tugʻdirdik va ularni gʻayratga keltirdik. Biz hamma yerda xalqaro ishchilar revolyutsiyasi shiorini maydonga tashladik. Biz hamma mamlakatlarning imperialistik yirtqichlariga qarshi kurash eʼlon qildik[10].

Мы в несколько дней разрушили одну из самых старых, мощных, варварских и зверских монархий... Мы пробудили веру в свои силы и зажгли огонь энтузиазма в миллионах и миллионах рабочих всех стран. Мы бросили повсюду клич международной рабочей революции. Мы бросили вызов империалистским хищникам всех стран[11].

Bizlarga, yaʼni ongli velikorus proletarlariga milliy iftixor hissi yotmi? Albatta yot emas! Biz oʻz tilimizni va oʻz vatanimizni sevamiz... Bizda milliy iftixor hislari toʻlib yotibdi, chunki velikorus millati ham revolyutsion sinfni yaratdi, insoniyatga ozodlik va sotsializm uchun kurashning buyuk namunalarini koʻrsatishga qodir ekanligini ham isbot qilib berdi[12].

Чуждо ли нам, великорусским сознательным пролетариям, чувство национальной гордости? Конечно, нет! Мы любим свой язык и свою родину... Мы полны чувства национальной гордости, ибо великорусская нация тоже создала революционный класс, тоже доказала, что она способна дать человечеству великие образцы борьбы за свободу и за социализм[13].

Biz millatlarning ixtiyoriy ittifoqini istaymiz, — bu tarzdagi ittifoq, bir millatning ikkinchi millat tomonidan ezilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak... toʻla ishonch, ongli ravishda qardoshlik birligiga va bus-butun ixtiyoriy rozilik asosiga qurilgan boʻlishi kerak[8].

Мы хотим добровольного союза наций, — такого союза, который не допускал бы никакого насилия одной нации над другой,... который был бы основан на полнейшем доверии, на ясном сознании братского единства, на вполне добровольном согласии[9].

...Bizning kommunistik xoʻjalik qurilishimiz kelajak sotsialistik Yevropa va Osiyo uchun oʻrnak boʻladi.

...Наше коммунистическое хозяйственное строительство станет образцом для грядущей социалистической Европы и Азии.

...Bizning Sovet sotsialistik respublikamiz xalqaro sotsializm mashʼali sifatida, barcha mehnatkash ommaga namuna sifatida metindek mustahkam turadi[14].

...Наша социалистическая республика Советов будет стоять прочно, как факел международного социализма и как пример перед всеми трудящимися массами.

Bizning vazifamiz yangi davlat — sotsialistik davlat qurishdir. Ana shu yoʻlda biz hormay-tolmay ishlayveramiz va bizni hech qanday toʻsiq qoʻrqita olmaydi va toʻxtata olmaydi[14].

Наша задача — строить новое государство — государство социалистическое. В этом направлении мы будем неустанно работать, и никакие препятствия нас не устрашат и не остановят[15].

...Biz shunday xalqmizki, — alohida xizmatlarimiz yoki tarixan oldindan belgilab qoʻyilgan yoʻlimiz tufayli emas, balki tarixiy vaziyatlarning alogida mos keluvi tufayli, — xalqaro sotsialistik revolyutsiya bayrogʻini koʻtarish sharafini oʻz zimmamizga olganmiz[10].

...Мы тот народ, который сумел, — не благодаря особым заслугам или историческим предначертаниям, а благодаря особому сцеплению исторических обстоятельств, — сумел взять на себя честь поднять знамя международной социалистической революции[11].

Dialektika uchun quruqdan-quruq inkor, bekordan-bekor inkor, skeptik inkor, ikkilanish, gumonsirash xarakterli emas, dialektika, shubhasiz, oʻzida inkor elementiga va shu bilan birga oʻzining gʻoyat muhim elementiga egadir, — yoʻq, dialektika uchun aloqadorlikning momenti sifatidagi, taraqqiyotning momenti sifatidagi inkor, ijobiyni saqlab qolish yoʻli bilan boʻladigan, yaʼni har qanday ikkilanishlarsiz, har qanday eklektikasiz inkor xarakterlidir[2].

Не голое отрицание, не зряшное отрицание, не скептическое отрицание, колебание, сомнение характерно и существенно в диалектике, — которая, несомненно, содержит в себе элемент отрицания и притом как важнейший свой элемент, — нет, а отрицание как момент связи, как момент развития, с удержанием положительного, т. е. без всяких колебаний, без всякой эклектики[3].

Eski dunyoga, milliy zulm, milliy nizolar yoki milliy ayirmachilik dunyosiga ishchilar hamma millat mehnatkashlarining birlashgan dunyosini qarshi qoʻyadilar, bu dunyoga bironta ham tengsizlikka, kishini kishi zarracha ham ezishiga oʻrin qolmaydi[16].

Старому миру, миру национального угнетения, национальной грызни или национального обособления, рабочие противопоставляют новый мир единства трудящихся всех наций, в котором нет места ни для одной привилегии, ни для малейшего угнетения человека человеком[17].

Faqat barcha mamlakat mehnatkashlarining sotsialistik ittifoqigina milliy taʼqib va nizolarni keltirib chiqaruvchi har qanday zaminga barham bera oladi[18].

Только социалистический союз трудящихся всех стран устранит всякую почву для национальной травли и грызни[19].

Goʻzallikni saqlamoq kerak, uni namuna sifatida olmoq, hatto u „eski“ boʻlganda ham unga asoslanmoq lozim. Nima uchun biz bundan keyingi taraqqiyot uchun boshlangʻich nuqta sifatidagi chinakam nafislikdan yuz oʻgirishimiz, u faqat „eski“ boʻlganligi sababligina undan voz kechishimiz kerak?[2].

Красивое нужно сохранить, взять его как образец, исходить из него, даже если оно «старое». Почему нам нужно отворачиваться от истинно-прекрасного, отказываться от него, как от исходного пункта для дальнейшего развития, только на том основании, что оно «старо»?[20]

Iqtisodiy hisob, xuddi internatsionalizm va demokratizmning instinkti va ongidek, sotsialistik jamiyatdagi barcha millatlarning tezda yaqinlashuvi va birlashuvini taqozo etadi[21].

Экономический расчет, равно как инстинкт и сознание интернационализма и демократизма, требует скорейшего сближения и слияния всех наций в социалистическом обществе[17].

Ishchilar sinf manfaati va uning kapitalizmga qarshi kurashi barcha millat ishchilari bilan mustahkam hamkorlik va bus-butun hamjihatlikni talab etadi, burjuaziyaning millatchilik siyosatiga, u qaysi millatga taalluqli boʻlmasin, qaqshatqich zarba berishni talab etadi[21].

Интересы рабочего класса и его борьбы против капитализма требуют полной солидарности и теснейшего единства рабочих всех наций, требуют отпора националистической политике буржуазии какой бы то ни было национальности[17].

Jamiyatda yashab turib, undan chetda boʻlmoq mumkin emas[22].

Жить в обществе и быть свободным от общества нельзя[23].

Kapital xalqaro kuchdir, bu kuchni yengmoq uchun ishchilarning xalqaro ittifoqi, ularning xalqaro birodarligi kerak. Biz — milliy adovatning, milliy nizoning, milliy ayirmachilikning dushmanimiz. Biz — xalqarochilar, internatsionalistlarmiz[21].

Капитал есть сила международная, чтобы ее победить, нужен международный союз рабочих, международное братство их. Мы — противники национальной вражды, национальной розни, национальной обособленности. Мы — международники, интернационалисты[19].

Kapitalizm qoldirgan barcha madaniyatni qabul qilib olish va unga asoslanib sotsializm qurish lozim. Barcha fan, barcha texnika, barcha bilim, sanʼatni qabul qilib olish lozim. Bularsiz biz kommunistik jamiyat hayotini qurolmaymiz[2].

Нужно взять всю культуру, которую капитализм оставил, и из нее построить социализм, Нужно взять всю науку, всю технику, все знания, искусство. Без этого мы жизнь коммунистического общества построить не можем[3].

Kimki millatchilik nuqtai nazariga oʻtgan ekan, u tabiiyki, oʻz millatini Xitoy devori bilan oʻrab olish istagigacha borib yetadi, u hatto har bir shahar, har bir joy va qishloqni alohida-alohida devor bilan oʻrab olishdan ham uyalmaydi, u hatto oʻzining ajratish va maydalab yuborish taktikasi bilan barcha millat, barcha irq va turli tillarda gapiruvchi va birlashtirishdan iborat boʻlgan ulugʻ maqsadni yoʻqqa chiqarishdan ham uyalmaydi[21].

Кто встал на точку зрения национализма, тот, естественно, доходит до желания окружить китайской стеной свою национальность, свое национальное рабочее движение, того не смущает даже и то, что стены придется строить отдельные в каждом городе, местечке, селе, того не смущает даже, что своей тактикой разъединения и раздробления он превращает в ничто великий завет сближения и единения пролетариев всех наций, всех рас, всех языков[17].

Kommunistik axloq negizida kommunizmni mustahkamlash va uni kamolga yetkazish uchun kurash yotadi[6].

В основе коммунистической нравственности лежит борьба за укрепление и завершение коммунизма[7].

  • Madaniyatni yuksaltirmoq uchun madaniyat tarixiga, kishilikning barcha madaniy merosiga murojaat etmoq zarur[2].

...Marksizm burjuaziya davrining eng qimmatli yutuqlarini aslo inkor etmadi, balki, aksincha, insoniyat tafakkuri va madaniyati ikki ming yillikdan koʻproq taraqqiyotida erishgan qimmatli narsalarning barini oʻzlashtirdi va qaytadan ishlab chiqdi[2].

...Марксизм отнюдь не отбросил ценнейших завоеваний буржуазной эпохи, а, напротив, усвоил и переработал все, что было ценного в более чем двухтысячелетнем развитии человеческой мысли и культуры[3].

Marksizm millatchilik bilan u qanchalik „adolatli“, „sof“, nozik va madaniylashgan boʻlmasin, kelisha olmaydi. Marksizm har qanday millatchilik oʻrniga internatsionalizmni ilgari suradi[21].

Марксизм непримирим с национализмом, будь он самый «справедливый», «чистенький», тонкий и цивилизованный. Марксизм выдвигает на место всякого национализма —
интернационализм[17].

Millatlarning toʻla keng huquqliligi va davlatlarning gʻoyat izchil demokratizmiga asoslangan barcha millat ishchilarining birligi — bizning shiorimizdir[8].

Единство рабочих всех национальностей при полнейшем равноправии национальностей и самом последовательном демократизме государств — вот наш лозунг[9].

Millatchilikni mustahkamlashning har qandayini proletariat qoʻllay olmaydi[21].

Никакого закрепления национализма пролетариат поддерживать не может[17].

  • Odamni qullikda ayblash mumkin emas; lekin ozodlik uchun, mening kurashimdan qochibgina qolmay, balki uning qulligini oqlaydigan va maqtaydigan qul, jirkanch parazit, gʻazab, nafrat va nafratni qoʻzgʻatadigan yoqimli quldir[24].

Proletar madaniyati insoniyatning kapitalistik jamiyat, pomeshchiklar jamiyati, amaldorlar jamiyati zulmi ostida yaratgan bilim boyliklarining qonuniny taraqqiysidan iborat boʻlmogʻi lozim[2].

Пролетарская культура должна явиться закономерным развитием тех запасов знания, которые человечество выработало под гнетом капиталистического общества, помещичьего общества, чиновничьего общества[3].

  • Qadimdan aytilganki, inqilobiy nazariyasiz hech qanday inqilobiy harakat boʻlishi mumkin emas va bugungi kunda buni isbotlash kerak emas[25].

Revolyutsiyani, yaʼni mazlumlarning zolimlarga qarshi buyuk, birdan-bir qonuniy va adolatli urushini boshlash shaʼrafi va baxti birinchi boʻlib rus ishchilari zimmasiga tushdi[10].

Русским рабочим выпала на долю честь и счастье первым начать революцию, то есть великую, единственно законную и справедливую, войну угнетенных против угнетателей[11].

Rossiya inqilobi butun dunyoga sotsializm yoʻlini yoritib berdi va burjuaziyaga uning tantanasining tanazzuli yaqinlashib kelayotganini koʻrsatdi[26].

Российская революция указала всему миру пути к социализму и показала буржуазии, что близится конец ее торжества[27].

Rossiya Sovet Sotsialistik Respublikasi namunasi butun dunyo xalqlari oldida jonli timsol sifatida turadi va bu timsolning tashviqiy, revolyutsionlashtiruvchi taʼsiri nihoyatda qudratli boʻladi[26].

Пример социалистической Советской республики в России будет стоять живым образцом перед народами всех стран, и пропагандистское, революционизирующее действие этого образца будет гигантским[27].

Rusni haqiqatan ham qudratli va farovon qilish uchun, — bizda tabiiy boyliklardan, yetarli miqdordagi kishilardan va buyuk revolyutsiya natijasida xalq ijodining ajoyib surʼatda kengayishidan iborat material mavjuddir[14].

У нас есть материал и в природных богатствах, и в запасе человеческих сил, и в прекрасном размахе, который дала народному творчеству великая революция, — чтобы создать действительно могучую и обильную Русь[15].

Rus revolyutsiyasi butun dunyo mamlakatlariga uchqunlar tashladi va haddidan oshgan imperializmni jar yoqasiga yana ham yaqinroq surib qoʻydi[10].

Русская революция бросила искры во все страны мира и еще ближе подвинула к краю пропасти зарвавшийся империализм[11].

Sotsialistlar millatlarning har qanday ezilishiga qarshi kurashmay turib, oʻzlarining ulugʻ maqsadlariga erisha olmaydilar[8].

Социалисты не могут достигнуть своей великой цели, не борясь против всякого угнетения наций[5].

Sovet harakati... Rossiyada qoʻlga kiritilgan, endilikda butun dunyoga yoyilayotgan, oʻzining birgina nomi bilan ishchilarga butun bir programma beradigan forma shudir[14].

Советское движение..., вот та форма, которая в России была завоевана, которая теперь во всем мире распространяется, которая одним своим названием дает рабочим целую программу[13].

Vatan, yaʼni mazkur siyosiy, madaniy va sotsial muhit proletariatning sinfiy kurashida eng qudratli omil hisoblanadi... Proletariat oʻz kurashida siyosiy, sotsial hamda madaniy sharoitlarga befarqlik va loqaydlik bilan munosabat bildira olmaydi, binobarin, u oʻz mamlakati taqdiriga ham befarq qaray olmaydi[12].

Отечество, т. е. данная политическая, культурная и социальная среда, является самым могущественным фактором в классовой борьбе пролетариата... Пролетариат не может относиться безразлично и равнодушно к политическим, социальным и культурным условиям своей борьбы, следовательно, ему не могут быть безразличны и судьбы eгo страны[28].

Xorijdagi yaxshi narsalarni ikki qoʻllab yigʻib olmoq darkor[29].

Черпать обеими руками хорошее из-за границы[30].

Shunaqangi oʻtkir soʻzlar boʻladiki, ular ancha murakkab hodisalarning mohiyatini ham ajoyib aniqlik bilan ifodalab beradi[31].

Бывают такие крылатые слова, которые с удивительной меткостью выражают сущность довольно сложных явлений[32].

Vladimir Lenin haqida

[tahrirlash]

Endilikda Leninning ishi oʻsib hammayoqni qamrab oldi. Insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan biron-bir voqea yoʻqki, u Lenin bilan, inqilob bilan bogʻlanmagan boʻlsin[33].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Marksizm ve Ezilenler
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Voronsov 1989, s. 5.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Воронцов 1977, s. 9.
  4. 4,0 4,1 Voronsov 1989, s. 24.
  5. 5,0 5,1 5,2 Воронцов 1977, s. 33.
  6. 6,0 6,1 Voronsov 1989, s. 26.
  7. 7,0 7,1 Воронцов 1977, s. 36.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 Voronsov 1989, s. 23.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Воронцов 1977, s. 32.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 Voronsov 1989, s. 12.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 Воронцов 1977, s. 17.
  12. 12,0 12,1 Voronsov 1989, s. 16.
  13. 13,0 13,1 Воронцов 1977, s. 22.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 Voronsov 1989, s. 15.
  15. 15,0 15,1 Воронцов 1977, s. 21.
  16. Voronsov 1989, ss. 21–22.
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 17,5 Воронцов 1977, s. 30.
  18. Voronsov 1989, ss. 22–23.
  19. 19,0 19,1 Воронцов 1977, s. 31.
  20. Воронцов 1977, ss. 9–10.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 21,5 Voronsov 1989, s. 22.
  22. Voronsov 1989, s. 29.
  23. Воронцов 1977, s. 41.
  24. Ulusların Kendi Kaderlerini Tayin Hakkı, Lenin, Sayfa 126
  25. Ne Yapmalı?
  26. 26,0 26,1 Voronsov 1989, s. 13.
  27. 27,0 27,1 Воронцов 1977, s. 18.
  28. Воронцов 1977, s. 23.
  29. Voronsov 1989, s. 25.
  30. Воронцов 1977, s. 35.
  31. Voronsov 1989, s. 8.
  32. Воронцов 1977, s. 12.
  33. Voronsov 1989, s. 14.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 
  • Воронцов, Владимир Васильевич. Симфония разума. Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов, 2-е изд., Москва: Молодая гвардия, 1977 — 624-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: