Kontent qismiga oʻtish

Xurshid Do‘stmuhammad

Vikiiqtibosdan olingan
Xurshid Do‘stmuhammad

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 8-yanvar 1951
Qardosh loyihalar

Xurshid Doʻstmuhammad (8-yanvar 1951-yil, Toshkent) — yozuvchi, jurnalist, filologiya fanlari doktori.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Kasaldan turgan bemor oʻzini shifokor hisoblaydi.
  • Bir donodan bir dono yetishgunicha, yuz nodondan ming nodon urchib ulguradi.
  • Hozirgi zamon qargʻalari pishloqni yeb boʻlgachgina tulki bilan gaplashadi.
  • Koʻp narsani bilsang qarib qolasan, deyishadi, yoʻq, koʻp narsaga aqli yetgan odam qarib ulgurmaydi...
  • Daryolar, okeanlar, osmonoʻpar togʻlar na nomini biladi, na oʻziga bitilgan maqtovlarni tushunadi — lekin yashayveradi, kamayib qolmaydi.
  • Tor xonada oʻtirsang ham dunyoqarashing keng boʻlishi mumkin.
  • Oʻtkir mulohazalarni miyangdan avaylab chiqarib olmasang, boshingga shikast yetkazishi mumkin.
  • Har nafas bir hikmat.
  • Yilning yangilangani yaxshi, odam eskiligicha qolgani chatoq.
  • Ayrim kimsalarning qoʻlini yechib yuborsang, senikini bogʻlashga tushadi.
  • Odam oʻzini nodonroq koʻrsatish uchun ham aql kerak.
  • Oromkursi ham shimni teshadi.
  • Jumlasini oʻqisang tiling chigallashib ketadi.
  • Baliq terlab ketdi.
  • Vaysaqining tili jiqqa terga botdi.
  • Oʻrdak — gʻozning pakanasi.
  • Yoʻlda roman oʻqib yurma, hayotga turtinib ketasan.
  • Vujud va ruh oʻrtasidagi uygʻunlik muhabbatli erkak va ayol munosabatlariga oʻxshaydi.
  • Aqlli ish qilish uchun aqlning oʻzi ojizlik qiladi.
  • Komediya yoʻqligining oʻzi komediya.
  • Inson yaralganidan ilgari toʻtiqushlar qaysi tilda gapirgan?..
  • Yangi odamlar bilan eski yoʻldan yurguncha, eski odamlar bilan yangi yoʻldan yurish afzalroq.
  • Nochorlik halollikning doʻsti.
  • Katta gaplar aytish uchun katta xonalarda oʻtirish kerak.
  • Fikring qanchalik oʻtkir boʻlsa, tilingni shunchalik yomon kesadi.
  • Toʻppa-toʻgʻri yoʻldan ham turli yoʻnalish topadilar.
  • Hayotiy tajribang ortgani sayin juda oz narsani bilishingni anglayverasan.
  • Yelkamga qoqib qoʻyishdi deb boshim osmonga yetgan edi, bilsam — changimni qoqishgan ekan.
  • Gʻarq boʻlayotgan odamga qutqaruv kamerasini irgʻitib, uning kallasini poʻla qilishdi.
  • Suhbatdoshing vaysaqi boʻlsa quloq berib, uning kasalini zoʻriqtirma.
  • Yomgʻir tindi, osmonda kamalak tovlandi, hoʻkiz kavsh qaytarib yotaverdi.
  • Maʼqul koʻrgan kitobingni duch kelgan odamga aytaverma — kimligingni bildirib qoʻyasan.
  • Sahnadan tushmay oʻynalayotgan maynavozchilikni komediya deb atashganidan kulging qistaydi.
  • Ajralishni rasmiylashtirguncha ancha vaqt tinch-totuv yashashdi.
  • Haddan tashqari sevish qoʻlingga qanot, oyogʻingga halqa bogʻlaydi.
  • Vijdon odamni koʻp hollarda tang ahvolga soladi, vijdonsizlik esa eng tang holatlarda ham xalos etadi.
  • Qalbi koʻrning koʻzi ochiqligiga ishonish qiyin. Qalbi soʻqirning ochiq koʻzi toʻgʻri yoʻlga boshlamaydi.
  • Ob-havo — tabiatning samimiy dil izhori.
  • Ertalabki tumanda quyosh arang koʻrinayotgan edi, besh yoshli Jamshid, “Qarang, ada, quyosh tuxumning sarigʻiga oʻxshaydi” dedi.
  • Qari daraxtning mevasi maydalashib ketadi. Odam qarigani sayin mayda gap boʻla boradi.
  • Koʻzi ojizni yetaklab olgan odam yon-atrofga undan koʻra koʻproq xavotirda alanglaydi.
  • Boʻgʻzigacha asalga botirilgan qoshiqqa azob!..
  • Hidsiz gul — soqov.
  • Ota-bobongizdan qolgan toshoynaga razm soling — ular sizga qarab turgan boʻlishadi.
  • Tabiat adolatsizlik qilmaydi, adolatsizlik tabiatning tabiatini tushunmaslikdan kelib chiqadi.
  • Nega qulogʻimiz ikkita, ogʻzimiz bitta? Oz gapirib, koʻproq tinglash uchun.
  • Yaxshiyamki aroq shishasining boʻgʻzi tor...
  • Supurgi keksaygani sayin qattiqroq va tirnab supiradi...
  • Qarmoqqa ilinmagan baliq ilinganidan kattaroq tuyuladi.
  • Olimning siyohi yovuzning qonidan qadrli.
  • Tanqidiy mulohaza aytish uchun bor jasoratingizni sarflab qoʻymang, chunki tanqid eshitish uchun ham jasorat kerak boʻladi.
  • Yoyni ixtiro qilgan shoʻrlikni yogʻochni bukishda ayblab sazoyi qilishgan.
  • Bilimsizlikdan faqat bilimlilar aziyat chekadilar.
  • Koʻz moshday ochilganda xijolatdan koʻzing yumilib ketadi.
  • Oʻz fikrida qatʼiy qolish — fikri bilan yolgʻiz qolish demakdir.
  • Oʻzining fikri boʻlmagan odam oʻzga fikrlar ichida kun kechiradi.
  • Boshqalarning fikri, taklifi doʻkon rastasida turgan buyumday narsa: uni tosh-taroziga qoʻy, narx-navosini surishtir — chogʻing kelsa olasan, yoʻqsa — yoʻq.
  • Pul tanqisligida aql ishga tushadi.
  • Tasodifiy omad ham boyga kulib boqadi.
  • Charchash ham gunoh.
  • Yaxshi odam boʻlguncha, kerak odam boʻl.
  • Bayroq — boyroqlarda.
  • Qonunni yaxshi bilgan odamning doʻsti — qonun.
  • Vahshiylar orasida yuvvoshlari ham bor.
  • Kambagʻalning boyligi — sabr.
  • Aqlli boʻlguncha, omadli boʻl.
  • Jurnalistning tili uzun, qoʻli qisqa.
  • Aqlli odamni aldash oson.
  • Olim, boʻlsang — alam seniki.

Manbalar

[tahrirlash]

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!