Dangasalik
| Dangasalik | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Dangasalik yoki yalqovlik, tanballik, ishyoqmaslik deb biror ish yoki faoliyatni bajarishga layoqatli va imkoni boʻla turib, oʻsha ish yoki faoliyatni bajarishga istamaslikka aytiladi.
B
[tahrirlash]Boshingni faqat oʻz tirnoqlaring bilangina qashiy olasan.
Boʻlsa tanballik kishining peshasi,
Tekkay oyogʻina xorlik teshasi![1]
E
[tahrirlash]Erinchoqlik va yalqovlik kishini yaxshi ishlar qilishdan qaytaradi, gʻayratni yoʻqotadi, kasb-u kor bilan shugʻullanishdan qoldiradi. Baʼzi dangasa kishilar gʻayrat qilish va harakatni kuchaytirish oʻrniga ogʻir kunga tushib qolganda qoʻlni qovushtirib, aybni taqdirga toʻnkaydilar[1].
H
[tahrirlash]Hakimlar tayinlab aytadilarki, yalqov kishilar bilan ulfat boʻlishdan qochish zarur. Chunki ulardan maslahat soʻralsa, ular oʻzlarining yalqovlik nuqtayi nazaridan maslahat beradilar. Ular boʻladigan ishni ham oʻzlarining quvvat va idroki taqozosi bilan boʻlmaydiganga chiqaradilar, kishini gʻayrat koʻchasidan chetga chiqaradilar[2].
O
[tahrirlash]Ozgina tanballikka yoʻl qoʻyilgan joyda nafs sizga hokim boʻla boshlaydi. Inson to oʻlimiga qadar shayton va nafs hujumidan omonda boʻlolmaydi[3].
T
[tahrirlash]U
[tahrirlash]Umrini dangasalik bilan oʻtkazgan odamga hech qachon muvaffaqiyat yer boʻlmaydi.
Y
[tahrirlash]Yalqovlik tufayli ishlamay kambagʻallashgan kishini barcha yomon koʻradi, doʻstlari ham undan uzoqlashadi, bolalari ham mensimay qoʻyadi, kambagʻallik barcha balolarning boshlanishidir[1].
Yozda dangasaga: „Eshikni och!“ desang, „Tashqari sovuq“, deydi.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 222.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 223.
- ↑ Tursun 2006, s. 88.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 174.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.