Xudo
Vikiiqtibos dan
Xudo oliy hilqat, olam yaratuvchisi, deb ta'riflanuvchi mifologik mavjudotdir.
[tahrirlash] Iqtiboslar
- Avvalboshda Olam yaratildi. Bu ko'p odamlarni g'azablantirib, yomon ish, deya baholandi. (Douglas Adams)
- Xudo odam yelkasiga u qila olmaydigan ish ortmaydi. (Muhammad Ali)
- Xudo yo zolim, yoki layoqatsizdir. (Woody Allen)
- Agar Xudo mavjud bo'lsa, umid qilamanki, uzrli sababi bor. (Woody Allen)
- Kulishni bilmaydigan Xudo bundayin kulguli olamni yarata olmasdi. (Shri Aurobindo)
- Xudoning essensiyasi va mavjudligi bir narsadir. (Ibn Sino)
- Xudo bo'lmaganida edi, uni to'qib chiqarish zarur bo'lur edi. (Voltaire)
- Voltaire gapini teskari qilib aytamanki, agar Xudo bo'lganida edi, uni yo'qotish zarur bo'lur edi. (Mixail Bakunin)
- An'anaviy dinlar Xudoni qasoskor kimsa o'laroq ta'riflashadi, lekin odamlar shunday kimsani sevish kerakligi haqida gapirishadi. (P. T. Barnum)
- Dinning hech qachon qotillik bilan muammosi bo'lmagan. Umuman. Xudo nomiga o'lidirlgan odamlar soni boshqa sabab bilan bo'lgan o'ldirilganlar sonidan ko'proqdir. (George Carlin)
- Balki bizning shu sayyoradagi vazifamiz Xudoga sig'inish emas, balki uni yaratishdir. (Arthur C. Clarke)
- Xudo oldida hammamiz birdek dono va birdek nodonmiz. (Albert Einstein)
- Men Spinoza'ning Xudosiga, o'zini olam garmoniyasida namoyon qiluvchi Xudoga ishonaman; aslo odamzod taqdiri va qilmishlari bilan bezovta xudoga emas. (Albert Einstein)
- Odamlar o'zlaridan yuksakroq xudoni o'ylab topisha olmagan. Ko'p xudolar ahloqsiz va buzilgan bolaga o'xshab ketishadi. (Robert A. Heinlein)
- Xudo o'ldi: biroq, odamzotning hozirgi ahvoliga ko'ra, U paydo bo'lib turuvchi g'orlar hali bo'lgusi. (Friedrich Nietzsche)
- Odam Xudo xatosimi? Yoki Xudo odam xatosi? (Friedrich Nietzsche)
- Bitta odamni o'ldir - va sen qotilsan. Millionlarni o'ldir - va sen hukmdorsan. Hammani o'ldir - va sen Xudosan. (Jean Rostand)

