Kontent qismiga oʻtish

Agatha Christie

Vikiiqtibosdan olingan
Agatha Christie

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 15-sentyabr 1890
Ashfield
Vafoti 12-yanvar 1976
Winterbrook va Wallingford
Qardosh loyihalar

Agatha Mary Clarissa Christie (talaffuzi: Agata Mari Klarissa Kristi; 1890-yil — 1976-yil) — ingliz yozuvchisi. Detektiv janr ustasi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Yoshlik hayotning eng baxtli davr deb hisoblaydilar, qanday bemaʼnilik: aksincha, yoshlik — eng qaltis davr.
  • Agar sen haddan ortiq sevsang, bu tuygʻu doimo quvonchdan koʻra koʻproq qaygʻu keltiradi. Ammo baribir buni his qilib koʻrish kerak. Hech qachon astoydil sevmagan odam chinakamiga yashamagan, desa ham boʻladi.
  • Odamlarni azoblardan xalos qilish kerak, agar buni oʻzlari istashsa.
  • Siz bu haqiqatni unutmasligingiz kerak: hech kim ortiqcha narsani qadrlamaydi.
  • Nazarimda, inson hayotidagi eng katta muvaffaqiyatlardan biri bu baxtli bolalikdir.
  • Erkaklar oʻzidan ustunlarni yoqtirmaydi. Ehtimol, shu tufayli ularning koʻpchiligi aqlli ayollardan nafratlanib, ahmoq ayollarni sevishsa kerak.
  • „Oʻylashimcha, odamlar nafratlangan odamlaridan koʻra, sevgan odamlarini koʻproq oʻldirishadi. Chunki sevgan odamlaringgina hayotingni chinakamiga chidab boʻlmaydigan darajada ogʻirlashtirishi mumkin!“
  • Vaqt — shunday noaniq narsaki, birovga u juda uzoq tuyulsa, boshqaga teskarisi.
  • Shunday savollar bor, sen soʻramaydigan. Chunki javoblaridan qoʻrqasan!

Manbalar

[tahrirlash]