Vikiiqtibos:Qoida va koʻrsatmalar
Qiyofa
Bu sahifa oʻzbekcha Vikiiqtibos qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Vikiiqtibos qoida va koʻrsatmalari |
---|
Tamoyillar |
Odob-axloq qoidalari |
|
Boshqa |
Vikiiqtibos hamkorlikda yaratilgan loyiha boʻlib, loyihaga hissa qoʻshuvchilar umumiy maqsadga egadirlar:
- Vikiiqtibosdagi asosiy maqsadimiz — iqtiboslarning bepul, shuningdek tarixdagi eng ulkan toʻplamini yaratish. Shuningdek, biz Vikiiqtibos undan foydalanuvchilar uchun ishonchli manbaga aylanishini xohlaymiz.
Vikiiqtibosda loyihaning faol ishtirokchilari tomonidan umumiy qabul qilingan va muhim deb hisoblangan qoidalar va koʻrsatmalar mavjud. Ushbu qonun-qoidalar bizning aniq maqsad sari harakat qilishimizga yordam beradi. Shuni taʼkidlash joizki, ushbu qoidalarning baʼzilari ustida hali ham ishlanmoqda. Chunki Vikiiqtibos oʻsib borayotgan loyihadir. Biroq, baʼzi qonun-qoidalar allaqachon toʻliq holga keltirilgan hamda foydalanuvchilarning aksariyati tomonidan bahsli deb hisoblanmaydi.
Umumqoidalar
[tahrirlash]- Mualliflik huquqlarini hurmat qiling — Vikiiqtibosning barcha maqolalari tarqatilishi mumkin boʻlgan GNU Free Documentation litsenziyasi faqat litsenziya oʻz kuchida qolsa va Vikiiqtibosga manba sifatida havola koʻrsatilsagina maqolalarni bepul tarqatish va oʻzgartirish imkonini beradi.
- Vikiiqtibos bu iqtiboslar toʻplami — Saytdan birinchi navbatda toʻplam ishlab chiqish uchun foydalanish kerak. Xususan, munozara sahifalaridagi muhokamalar maqolalarni yaxshilashga qaratilgan boʻlishi kerak. Qarang: Vikiiqtibos nima emas.
- Boshqa foydalanuvchilarni hurmat qiling — Vikiiqtibosdagi foydalanuvchilar turli xil mamlakatlardan boʻlib, madaniyatlar bir-biridan farq qiladi. Boshqalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish orqali muomala madaniyatini yaratishda samarali hamkorlik qila olishimiz mumkin. Baʼzi koʻrsatmalar uchun qarang: Etiket (inglizcha).
- Qoidalarga amal qiling — Ushbu qoidalarga amal qilish orqali oldimizga qoʻygan maqsadlarimizga birgalikda erishishimiz osonlashadi:
- Tahrirlash qoidalari (Maqolalarni tahrirlash)
- Maqolalarni nomlash (Maqolalarni nomlash)
- Disambig qoʻshish (Maqolani nomlashdagi munozaralarni hal qilish)
- Tasvirlardan foydalanish siyosati (Fayllarni yuklash)
- Sahifalarni oʻchirish qoidalari (Qachon va qanday oʻchirish kerak)
- Betaraf nuqtai nazar
Ayrim cheklangan funksiyalardan foydalanish qoidalari uchun Administratorlar sahifasiga qarang.