Vikiiqtibos:Vikiiqtibos nima emas
![]() | Bu sahifa Vikiiqtibos foydalanish siyosatini belgilovchi sahifadir. Qoidalar foydalanuvchilar kelishuvi asosida qabul qilingan va unga foydalanuvchilar amal qilishi kerak. Iltimos, oldindan muhokama qilmasdan ushbu sahifaga jiddiy oʻzgarishlar kiritmang. |
Vikiiqtibos qoida va koʻrsatmalari |
---|
Tamoyillar |
Odob-axloq qoidalari |
|
Boshqa |
Vikiiqtibos — bu manbalarga asoslangan iqtiboslarning bepul onlayn toʻplami boʻlib, uning maqsadlari boshqa joyda tushuntirilgan. Quyida Vikiiqtibos nima emasligi muhokama qilinadi.
Vikiiqtibos ensiklopediya emas
[tahrirlash]Vikiiqtibos oʻzining qardosh loyihasi Vikipediya bilan bir xil emas. Maqola mavzusini aniqlash uchun qisqa kirish ishlatiladi va agar kerak boʻlsa, uning nima uchun ahamiyatli ekanligi koʻrsatiladi. Mavzu haqida uzunroq bayonotlar, ensiklopedik maʼlumotlar va qoʻshimcha oʻqish uchun takliflar tegishli Vikipediya maqolasiga qoʻshilishi mumkin, lekin Vikiiqtibosga tegishli emas.
Vikiiqtibos lugʻat emas
[tahrirlash]Vikiiqtibos lugʻat taʼriflari uchun joy emas, ular uning qardosh loyihasi boʻlmish Vikilugʻatga qoʻshilishi mumkin. Iqtiboslar „Sevgi“ kabi muayyan mavzu haqida boʻlishi mumkin, lekin har qanday tasodifiy soʻz haqida emas.
Vikiiqtibos darslik emas
[tahrirlash]Vikiiqtibos darsliklar va qoʻllanmalarda topilgan maʼlumotlar toʻplami emas. Buning uchun Vikikitoblarga qarang.
Vikiiqtibos ijtimoiy mulkga oid hujjatlar joylashtiriladigan joy emas
[tahrirlash]Vikiiqtibos dasturiy kod, asl tarixiy hujjatlar, xatlar, qonunlar, butun kitoblar yoki sheʼrlar kabi ijtimoiy mulk hisoblangan hujjatlar toʻplami emas.
- Tarixiy ahamiyatga ega mashhur nutqlar Vikimanbaʼdagi nutqlar portaliga qoʻshilishi mumkin.
- Butun ijtimoiy mulk hisoblangan kitoblarni Vikimanba yoki Vikikitoblarga qoʻshish mumkin, Vikimanba Loyihasi: Annotatsiyalarga qarang.
- Nashr etilgan maʼlumotlarning umumiy depozitlari Vikimanbaga mos kelishi mumkin.
- Ijtimoiy mulk boʻlgan yoki erkin litsenziya ostida boʻlgan kitob PDF/DJVU fayllari, rasmlar, ovoz fayllari va boshqa media turlari Vikimedia Umumiyga qabul qilinadi.
Vikiiqtibos shaxsiy veb-sayt emas
[tahrirlash]Vikiiqtibos Myspace yoki Facebook emas. Roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi oʻzini Vikiiqtiboschi sifatida taqdim etuvchi shaxsiy sahifa yaratishi mumkin, biroq bu sahifadan Vikiiqtibos bilan bogʻliq boʻlmagan mavzularni, masalan, tarjimai hol, shaxsiy fayllar va boshqa shu kabi maʼlumotlarni joylashtirish uchun foydalanishi mumkin emas. Foydalanuvchi sahifalari haqida koʻproq maʼlumot olish uchun Vikiiqtibos:Foydalanuvchi sahifasiga qarang.
Vikiiqtibos shaxsiy iqtiboslar toʻplami emas
[tahrirlash]Har qanday foydalanuvchi oʻz foydalanuvchi sahifasida oʻzi yoki doʻstlari aytgan iqtiboslarni joylashtirishi mumkin. Biroq, oʻzingizning shaxsiy iqtiboslaringiz uchun asosiy nomfazosida alohida sahifa yaratmasligingiz lozim. Shuningdek, mavjud maqolalarga oʻzingizning, doʻstlaringiz yoki tanishlaringizning shaxsiy iqtiboslarini qoʻshishdan saqlanishingiz kerak.
Vikiiqtibos internet katalogi emas
[tahrirlash]Maqolalar tasodifiy havolalar uchun emas, balki iqtiboslar toʻplamlari uchun moʻljallangan. Siz faqatgina sevimli saytlaringiz, tasodifiy telefon raqamlari va boshqa aloqador boʻlmagan maʼlumotlarni roʻyxatga olish maqsadida sahifalar yaratmasligingiz lozim
Vikiiqtibos forum emas
[tahrirlash]Foydalanuvchilar bir-birlarining shaxsiy munozara sahifalarida xabar qoldirishlari mumkin, lekin bu suhbatlarni faqat oʻsha sahifalarda olib borishlari shart. Maqola munozara sahifalariga bunday xabarlarni yozish mumkin emas, chunki bu sahifalar faqat oʻsha maqola haqidagi muhokamalar uchun ajratilgan.
Vikiiqtibos blog emas
[tahrirlash]Vikiiqtibos turli bloglardan olingan kundalik yozuvlar toʻplami emas. Foydalanuvchilar oʻz fikrlarini shaxsiy sahifalariga joylashtirishlari mumkin, ammo bu sahifalardan faqat blog yuritish maqsadida foydalanmasliklari lozim.
Vikiiqtibos mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan katta koʻchirmalar keltirish uchun moʻljallanmagan joy emas
[tahrirlash]Vikiiqtibos qoʻshiq soʻzlari yoki yaxlit sheʼrlar toʻplami emas. Zamonaviy qoʻshiqlar yoki sheʼrlardan bir necha satrdan ortiq foydalanish, hatto insofli foydalanish doirasida boʻlsa ham, mualliflik huquqi muammolarini keltirib chiqaradi. Bu filmlar, telekoʻrsatuvlar va video oʻyinlar dialoglariga ham taalluqli. Jamoat mulkiga aylangan sheʼrlar yoki qoʻshiq soʻzlarini toʻliq keltirish qonuniy jihatdan toʻsiqsiz boʻlsa-da, bunday amaliyot tavsiya etilmaydi. Aksincha, sheʼr yoki qoʻshiqdagi muhim fikrlarni tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlarni Internetga joylashtirish ularni jamoat mulkiga aylantirmaydi. Batafsil maʼlumot uchun Vikiiqtibos:Mualliflik huquqlari sahifasiga murojaat qiling.
Vikiiqtibos reklamalar toʻplami emas
[tahrirlash]Vikiiqtibosda reklama shiorlari uchun mavjud joy boʻlsa-da, U har qanday turdagi asossiz reklamaga (spam) yoʻl qoʻymaydi. Tijoriy yoki shaxsiy veb-saytlarga havolalarni joylashtirmaslik haqida ogohlantirilganiga qaramay, buni qayta-qayta amalga oshiruvchi foydalanuvchilar Vikiiqtibosni tahrirlash imkoniyatidan mahrum etilishi mumkin.
Vikiiqtibos kristall shar emas
[tahrirlash]Vikiiqtibos oʻz iqtiboslarining aniqligini taʼminlash uchun nufuzli manbalarga ishorat qilish orqali orqali ishlaydi. Hali nashr etilmagan kitoblar, filmlar, oʻyinlar va boshqa asarlarni tasdiqlash imkoniyatining mavjud emasligi sababli, agar ishonchli oldindan koʻrib chiqish nashri mavjud boʻlmasa, bu mavzulardagi iqtiboslar va maqolalar qabul qilinmaydi. Asar eʼlon qilingandan keyin toʻldirilishi moʻljallangan „skelet“ maqolalar ayniqsa nooʻrindir, chunki ular iqtibos izlayotgan oʻquvchilarga hech qanday foyda keltirmaydi va iqtibos mazmuni yoʻqligi sababli tezda oʻchirib tashlanishi mumkin.
Boshqa qardosh loyihalardagi oʻxshash rasmiy siyosatlar
[tahrirlash]Yana qarang
[tahrirlash]- Vikiiqtibos nima:
- Vikiiqtibos:Qoida va koʻrsatmalar