Albert Einstein

Vikiiqtibosdan olingan
Har kuni men oʻzimga ichki va tashqi hayotim tirik yo vafot etgan boshqa kishilar ishlariga asoslanganini, va men shu qabul qilgan va qilayotganim taʼsirning oʻrnini qoplash uchun imkon qadar koʻp ishlashim kerakligini yuzlab marotaba uqtiraman...

Albert Einstein (14 mart 1879 – 18 aprel, 1955) olmon fizigi boʻlgan.

Iqtiboslar[tahrirlash]

  • E = mc2 (Einstein shu formulani izohlab berayotgani yozilgan audiofayl)
  • Nasabim — yahudiy, fuqaroligim — shveysariyalik, tashqi koʻrinishim — odamniki, va men faqatgina insonman, hech qaysi davlat yoki millatga bogʻliq emasman. (7 iyul 1918)
  • Xudo ayyordir, lekin yovuz emas. (manba, 1921 apreli)
  • Men Spinoza'ning Xudosiga ishonaman, qaysiki oʻzini olamning qonunlarga boʻysinuvchu garmoniyasida namoyon qiladi, aslo oʻzini odamzod qilmishlari va taqdiri bilan aloqador Xudoga emas. (New York ravvini Herbert S. Goldstein bergan "Xudoga ishonasizmi?" savoliga javoban (24 aprel 1929); Spinoza'ning Xudo haqidagi fikrlari panteistikdir)
  • Bu velosiped minishga oʻxshaydi. Muvozanatni saqlash uchun doimo harakatda boʻlishing kerak. (oʻgʻli Eduard'ga yozgan xatidan, 5 fevral 1930)
  • Oʻylaymanki, vegeterianlikning odam temperamentiga taʼsiri odamzotga katta naf kelitirshi mumkin. (27 dekabr 1930)
  • Men nafaqat patsifistman, balki jangovar patsifistdirman. Odamlarning oʻzlari urushga borishdan bosh tortishishmasa, urush hech qachon tugamaydi. (yanvar 1931)
  • Olam tushunarlidir, degan iddaodan tushunarsizroq gap yoʻq. (1936 marti)
  • Barcha dinlar, sanʼatlar va fanlar bir daraxtning shoxlaridir. (1937)
  • Diniy qarashlarim haqida oʻqiganlaringiz albatta yolgʻon, takror va takror qaytariluvchi yolgʻondir. Men shaxsiyatli Xudoga ishonmayman, va buni rad etmaganman, aksincha, aniq-tiniq ifodalaganman. Agar menda diniy deb ataluvchi tuygʻu boʻlsa ham, bu olamning fan hali ochiqlamagan qirralari va tuzilishi oldidagi cheksiz hayratdir. (1954)
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: