Alloh
| Alloh | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Alloh (arabcha: الله) — Islom dinida Xudoning nomi. Qurʼonda 99 nom bilan sifatlangan. Arabshunoslikda Alloh soʻzi al-ilah deb tushuniladi. Al birlik aniq artikli (الـ) va ilah (إلٰهٌ) — xudo maʼnosini bildiruvchi soʻzning qoʻshilishi natijasida hosil boʻladi, deb ishoniladi. Injildagi yahudiycha „Elohim“, oromiycha „Elah“, suriyacha „Alah“ va akkadcha „El“ deyiluvchi nomlari bor.
Iqtiboslar
[tahrirlash]الْحَمْدُ للّهِ رَبِّ الْعَالَمِين
الرَّحْمـنِ الرَّحِيم
مَـالِكِ يَوْمِ الدِّين
إِيَّاك نَعْبُدُ وإِيَّاكَ نَسْتَعِين
اهدِنَــــا الصِّرَاطَ المُستَقِيمَ
صِرَاطَ الَّذِينَ أَنعَمتَ عَلَيهِمْ غَيرِ المَغضُوبِ عَلَيهِمْ وَلاَ الضَّالِّين
A
[tahrirlash]Agar Allohga doʻst boʻlishni xohlasangiz, nafsingizdan qoʻrqing! Agar Allohga doʻstlikning mazasini biroz tatib koʻrganingizda edi, Undan uzilib qolishning naqadar achchiqligini bilgan boʻlardingiz[1].
Agar bir sodiq banda ming-ming yil Allohga boqib, bir lahzagina yuzini oʻgirsa, ana shu lahzada yoʻqotgani topganidan koʻp boʻladi[2].
Alloh bizga oʻzimizdan, boʻyin tomirimizdan ham yaqindir. Ammo biz oʻzimizdagi salbiy illatlar ila Undan juda uzoqmiz[4].
Allohdan qoʻrqib yigʻlashim va koʻz yoshlarimning yuzimga oqishi tanam ogʻirligicha tilloni sadaqa qilishimdan yaxshiroqdir. Qaysi banda Alloh taolodan qoʻrqib yigʻlasa-yu, koʻz yoshidan bir tomchi yerga tushsa, toki tomchi osmonga chiqib ketmagunicha unga doʻzax oʻti tegmaydi. Holbuki, osmondan tushgan tomchi qaytmagani singari u ham hech qachon samoga qaytmaydi. Dunyoda Allohdan qoʻrqib yigʻlagan kishiga hech qachon doʻzax oʻti yetmaydi[5].
Allohdan qoʻrqishning alomati yetti narsada ayon boʻladi: tilida – yaʼni, tilini yolgʻondan, gʻiybatdan, ortiqcha soʻzlardan tiyadi, Allohning zikri, Qurʼon tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashgʻul qiladi; qornida – yaʼni, faqat halol narsani va hojati miqdoricha yeydi; koʻzida – yaʼni, haromga boqmaydi, dunyoga ragʻbat nazari bilan emas, ibrat nazari ila qaraydi; qoʻlida – yaʼni, uni haromga choʻzmaydi, Alloh toatidagi ishlarga uzatadi; oyogʻida – yaʼni, Alloh gunoh, degan ishlarga yurmaydi; qalbida – yaʼni, undan birodariga dushmanlik, gʻazab, hasad kabi illatlarni chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat uygʻotadi; toatda —yaʼni, toati Alloh yoʻlida xolis boʻladi, riyo va nifoqdan saqlanadi[6].
Allohni eslatuvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohni unutgan. Allohdan qoʻrqituvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohga gunoh qilishga jur’atli. Allohga yaqinlashtiruvchi qanchadan-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohdan uzoq. Alloh yoʻliga chaqiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohdan qochuvchi. Allohning oyatlarini oʻqiydigan qancha-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohning oyatidan tashqaridadirlar[9].
Allohning eng qudratli zot ekanligini bilib yetmagan Uni hech qachon tanimaydi. Uning qudratli ekanini qanday biladi? Uning qudrati shundaki, istaganidan olib, istaganiga beradi. Hech nimasi yoʻgʻiga oʻzidan beradi[7].
Allohning lutfi boʻlmasdan bir kimsa unga yetisholmaydi. Allohga yetishishning yoʻli Uning rasuli hazrati Muhammadga (s.a.v.) tobe boʻlishdir[9].
K
[tahrirlash]T
[tahrirlash]Toʻrt narsani toʻrt narsadan talab qildik va bu yoʻlda xato etdik: boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan; rohatni koʻplikdan izladik, ozlikda ekan; neʼmatni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, yaʼni Alloh yopgan ayblarda va Islomda ekan[10].
U
[tahrirlash]X
[tahrirlash]Xor-u zorlikni maxluqlar xizmatida, aziz-u mukarramlikni Xoliq xizmatida boʻlishda koʻrdim[5].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 48.
- ↑ Tursun 2006, s. 39.
- ↑ Tursun 2006, s. 32.
- ↑ Tursun 2006, ss. 30–31.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Tursun 2006, s. 34.
- ↑ Tursun 2006, ss. 44–45.
- ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 38.
- ↑ 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 49.
- ↑ 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 51.
- ↑ Tursun 2006, s. 91.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
