Atoiy
Qiyofa
Atoiy | |
Vikipediyadagi maqola |
Atoiy yoki Otoyi (taxallusi; asl ismi maʼlum emas; XV asr, Balx) – turkiy lirik shoir.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]I
[tahrirlash]- Ishq ramzidin agar bir qilcha fahm etsa faqih,
Tark etar erdi qamuq fatvoyu qilu qolni[1].
K
[tahrirlash]- Kishi jahonda rizo birla tarki jon etmas,
Magarki sendin ayirgʻay, begim, qazo bizni. - Koʻzlaring gar toʻksa qonim, jon anga boʻlsin fido,
Kim, jafo ayni vafodur yergʻa sevgan yeridin[1].
M
[tahrirlash]- Men netay bogʻu bihishtu qasri xuldu hurni,
Chun menga bir dam visoling yaxshiroqtur boridin[1]. - Murodim boʻlmasun hargiz muyassar,
Koʻngulda sendin oʻzga boʻlsa matlub[1].
O
[tahrirlash]- Otoyigʻa bihishti jovidondur,
Sevar yeri birla bir lahza diydor[1]. - Oshiq ermas ul mahvashkim, tilar zar birla vasl[1].
T
[tahrirlash]- Tabassum qilsa laʼling jon bagʻishlar,
Magar Isoyi Ruhulloh sensen[1]. - Tilar el mansabi oliy va lekin,
Otoyi sarvi ozodingga banda[1].
Y
[tahrirlash]- Yuzing xursheddek tobanda boʻlsin,
Jamoling to abad poyanda boʻlsin.
Takallum qil, sochilsun durru gavhar
Tabassum qil, jahon purxanda boʻlsin[1].
Z
[tahrirlash]- Zinhor ishq ishin usal tutma, ey koʻngul,
Osoni mushkul erur aning mushkilottin[1].
Gʻ
[tahrirlash]- Gʻanimat tut jamolu husn davrin,
Masaldurkim: „Yana bu dam topilmas“.
Vafo qilkim, yigitlik boʻstoni,
Hamisha tozayu xurram topilmas…[1]