Azamat Akbarov
Qiyofa
Azamat Akbarov | |
---|---|
![]() |
Azamat Akbarov (1977-yil) — tilshunoslik, amaliy tilshunoslik boʻyicha fan doktori. “Xorijiy tillarni oʻrgatish va amaliy tilshunoslik” xalqaro ilmiy-nazariy jurnali bosh muharriri.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Biroq tilshunos sifatida oʻylashimcha, har bir mamlakat oʻz tilini saqlab qolishga harakat qilishi kerak, chunki aynan til uni oʻziga xos qiladi va boshqa mamlakatlardan ajratib turadi[1].
- Inson, eng avvalo, muloqot qiluvchi zotdir, shu bois, fikrimcha millatlarning tilini unutmaslik zarur, biroq rivojlanishimiz va komil boʻlishimiz uchun bir-birimizni tushunish qobiliyatiga ega boʻlishimiz shart[1].
- Boshqa tilni oʻrganishni boshlashdan oldin, undan oldingi tilda yuqori darajaga erishishga harakat qildim — shu tarzda men shunchalik koʻp tillarni oʻrganishga muvaffaq boʻldim[1].
- Amaliyot nazariyasiz ahamiyatga ega emas, nazariya esa amaliyotsiz abstrakt boʻlib qoladi. Ushbu jihatning ikkalasi ham muhim hisoblanadi[1].
- Biz talabalarning xotirasini rivojlantirishga emas, ularning ijodkorlik qobiliyatini oshirishga eʼtibor berishimiz kerak[2].