Baxt
| Baxt | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Baxt — maʼnaviy-axloqiy tushuncha. Kishi oʻz faoliyati natijalaridan, hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlaridan toʻla qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon boʻladi.
A
[tahrirlash]…agar adashgan birodarimizni yaxshilik yoʻliga daʼvat etsak, baxt qasriga faqat shu yoʻl orqali borilajagini anglata olsak, demak baxtga erishuviga hissa qoʻshibmiz. Hidoyatdan nari yoʻllarda tentirayotgan birodarimizga befarq qarabmizmi, demak, uning baxtsizligiga sherik boʻlibmiz[1].
Agar baxt-saodat istasang, gʻurur, manmanlikdan yiroq boʻl, hikmatli soʻzlarni sokinlik bilan tingla, takabburlik, adovat, ginachilikdan hazar qil. Qaygʻu-alamlar ustingga hujum etsalar, bu hujumlarga oʻz adabsizliging sababchidir[2].
B
[tahrirlash]Baxtimiz mukammal boʻlishi uchun atrofimidagi odamlarning xayrixohligi va yordamiga muhtojmiz, atrofimizdagi odamlar esa biz ularning baxti yoʻlida ter toʻkishga qay darajada tayyor tursak, ular ham shu darajada bizni sevish va hurmat qilish, rejalarimizda yordamlashish, bizning baxtimiz yoʻlida ter toʻkishga rozi boʻladilar, bu zaruriy aloqani maʼnaviy burch, maʼnaviy vazifa deb ataydilar[6].
Barcha baxtli oilalar bir-biriga oʻxshash, har bir baxtsiz oila esa oʻzicha baxtsizdir[7].
I
[tahrirlash]Inson yuksak kamolotga erishuv yoʻlida harakat qilganidek, aqliy bilishga ham harakat qilsa, hech shubhasiz oʻzi intilayotgan soʻnggi darajadagi baxt-saodatga erishadi[9].
O
[tahrirlash]Odam bolasi oʻzgalar baxti uchun xizmat qilsagina oʻz baxtini topa oladi. Birovning shodligi va baxti uchun qanchalik xizmat qilsa, oʻzi ham shunchalik baxtga daʼvogar boʻlishi mumkin. Eng baxtiyor kishi kim? Iloji boricha koʻproq odamlarning baxtli boʻlishlari uchun xizmat qilgan odam emasmi?[1]
Odamning baxti orzu va taʼmalariga qarab boʻladi. Eng taʼmagir odam — baxti eng oz odamdir[10].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Malik 2019, s. 131.
- ↑ Tursun 2006, s. 151.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
- ↑ Tursun 2006, s. 117.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 130.
- ↑ Voronsov 1989, s. 33.
- ↑ „Lev Tolstoyning „Anna Karenina“ romanidan iqtiboslar“. jadid.uz (4-fevral 2025-yil). Qaraldi: 2025-yil 13-fevral.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 225.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 63.
- ↑ Malik 2019, s. 133.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Malik, Tohir. Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor. Toshkent: „DAVR PRESS“ nashriyoti, 2019 — 685-bet. ISBN 978-9943-5555-2-5.
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (
PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.