Dunyoning ishlari
Qiyofa
„Dunyoning ishlari“ – Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi boʻlmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi boʻlmas ekan. Ona ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas.
- Yulduzlar toʻla osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorugʻ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning soʻngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.
- Haqiqat havoga oʻxshaydi. Nafas olib turasizu oʻzini koʻrmaysiz. Oʻylab qarasam, oyim goʻdakligimda qayta-qayta aytib bergan….ikki afsona hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat ekan…