Gabriel García Márquez
Qiyofa
| Gabriel García Márquez | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
6-mart 1927 Arakataka |
| Vafoti |
17-aprel 2014 Mexiko shahri |
| Qardosh loyihalar | |
Gabriel García Márquez (talaffuzi: Gabriel Garsia Markes)(6-mart 1927-yil, Arakataka; 17-aprel 2014-yil, Mexiko shahri) — kolumbiyalik yozuvchi, ssenarynavis va jurnalist. “El Espectador” gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Aslida barcha kitoblar muallifning doʻstlari uchun qalamga olinadi.
- Oson qoʻlga kiritilgan baxt uzoq davom etmaydi.
- Aql va donolik bizga zarur boʻlmagan yoshda nasib etadi.
- Tabassum qil! Darding sendan lazzatlanishiga yoʻl qoʻyma!
- Boshqalarning seni qanday qabul qilishgani kabi boʻlmaslikning iloji yoʻq.
- Agar ichimizdagi bolakayga quloq solsak, koʻzlarimizga qaytadan nur kiradi. Agar oʻsha bolakay bilan bogʻliqlik rishtasini yoʻqotmasak hayot bilan aloqamiz ham uzilmaydi.
- Yashashning yagona vositasi — xotirlaring boʻgʻzingdan olishiga imkon bermaslikdir.
- Men Xudoga ishonmasam-da undan qoʻrqaman.
- Oʻlim insonni vaqti yetganida emas, kuchi yetanida mahv etadi.
- Dunyo sekin-asta intiho sari odimlamoqda. Chunki, moʻjizalar roʻy bermay qoʻydi.
- Ilhom parisi faqat ishlayotganingda keladi.
- Adabiyot — insonlar bilan hazillashish uchun eng yaxshi tomoshadir.
- Xato qilish insonga xos xususiyat, oʻz xatongni boshqa birovga toʻnkay olish esa ikki karra oʻziga xos xususiyatdir.
- Agar qaysidir ishga ayol aralashgan boʻlsa, aminmanki, hammasi yaxshi boʻladi. Menga bari kundek ravshan, dunyoni aslida ayollar boshqaradi.
- Hamma yuksaklikda yashashga intiladi, anglashmaydiki, asl baxt oʻsha yuksaklikka chiqish lahzalaridadir.
- Yaxshi ishtaha uchun yomon ovqat boʻlmaydi.
- Oʻzi bilan oʻzi ziddiyatga bormaydigan yozuvchi asl ijodkor emasdir.
- Hammasi tugagani uchun yigʻlama, yaxshisi jilmay, chunki har holda bular yuz berdi.
- Keksalikning yagona siri yolgʻizlik bilan kelisha olishdadir.