Hamza Hakimzoda Niyoziy
Hamza Hakimzoda Niyoziy | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
22 fevral (6-mart) 1889 Qoʻqon |
Vafoti |
18-mart 1929 Shohimardon |
Qardosh loyihalar | |
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-yil 6-mart, Qoʻqon — 1929-yil 18-mart, Fargʻona viloyati Shohimardon qishlogʻi) — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1926).
Niyoziydan itqiboslar
[tahrirlash]Guldur etib, bulut tarqab
Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi
Ishchi bobo, seskansang-chi
Charqqa quyosh chinlab chiqdi!
Bahor boʻlib, shatir-shutur
Maorif yomgʻir yogdi
Ishchi bobo, qoʻsh koʻshsang-chi
Ekin ekar chogʻi keldi!
Sahar kelgan gʻir-gʻir etib,
Bekor ketmay shabbodalar
Ishchi bobo, tez ochsang-chi
Pindik ochsin, yosh novdalar!
Bosh koʻtargan yosh gullaring
Atrofini qushlar chulgʻab
Ishchi bobo, koʻrisang-chi
Ketar choʻqib, bargin bulgʻab!
Tezdan kelgan bu yoz kunlar,
Tezda bitib, qish kelmasdan,
Ishchi bobo, uygʻonsang-chi
Bu koʻrganlar tush boʻlmasdan!
— Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1918-yil („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
Keldi ochilur chogʻi, oʻzliging namoyon qil,
Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil.
Maktab, anjuman borgʻil, unda fikr ochib gohi
Ilm-u fan tigʻi birla jahl bagʻrini qon qil.
Soyalarda sargʻaygan yuzlaring qilib gulgun,
Sen ham ahli donishlar bazmini guliston qil.
Choʻrilikni mullalar senga qildilar taqrir,
Kel, bugun bu zaxmingga maʼrifatni darmon qil.
Onalik huquqingni hurmat etmaganlarni
Yuzlarin qaro aylab, feʼlidan pushaymon qil.
Oy yuzing qaro chimmat zulmidan qutultirgil,
Chiq qorongʻi turmushdan, nur ichida javlon qil.
Sen qachon maorifning dargohiga yoʻl topsang,
Nurlarin olib koʻzga surmayi Sulaymon qil.
— Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1927-yil („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
Yomonlar pul tufayli
etibor oldi diyor ichra,
Faqir, bechoralar qoldi
figʻonu ohu zor ichra
— Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1902-yil („Guliston“ jurnali, № 3, 1969-yil va islamonline.uz/)
Yashangiz ishchi, dehqonlar, jahon ichra!
Boʻlmasin zolimlar bizning zamon ichra!
Buzamiz eski turmushni, xurofotni, bidatni,
tuzami rangi turmushni zakon ochra,
abadiy soʻngra yashaymiz jahon ichra!
— Hamza Hakimzoda Niyoziy („Guliston“ jurnali № 10, 1969-yil)
Niyoziy haqida iqtiboslar
[tahrirlash]- Hamza xalqning ichiga kirib, xalq yuragidagi hislarga va tuygʻularga oshna boʻldi. Uning aytgan har bir choʻzi, har bir sheʼri xalq chiqadi, deysiz.
- Oybek („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Hamzaning sheʼrlari chaqmoqday va momaqaldirokday qudratli. Bu rus niqilobiy poeziyasigi, Mayakovskiy poeziyasiga oʻxshaydi. Uning har bir soʻzi — bir shior, har bir sheʼri davr hayqirigʻidir.
- Hamza asarlarining xalqqa bu qadar yaqin va sevimli boʻlishiga asosiy sabab uning zamon bilan xamnafas va xalq dilining tarjimoni boʻlganligidir. Shu sabab uning tilini xalqqa nihoyatda yaqin qildi. Hamzagacha va Hamza davrida ham hech bir yozuvchining tili Hamza tilidek jonli va rang-barang xalq tiliga yaqin boʻlgan emas.
- Abdulla Qahhor („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Hamza Lenin gvardiyasining birinchi saflarida borib, qalbining butun haroratini, aqlidrokining butun kuchini va isteʼdodining butun kuch-qudratini xalqni ozod qilish ishiga bagʻishlagan.
- Komil Yashin („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Hamza boʻron qushi sifatida kishilik zoʻr muddaolarining mavzhli ummoni uzra naʼra urdi. Tez, orada boʻron guvullashi haqida oʻz xalqiga jar soldi, ana shu shiddatli boʻron guvullagach, gʻalba va baxt-saodat haqida, inson idrokining ulugʻvorligi hamda partiya bilan xalqning engilmas kuchi toʻgʻrisida qoʻshiqlar yozie, ularni oʻz xalqi bilan birga kuyladi.
- Komil Yashin („Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi, № 73 (19439), 12-mart 1986-yil)
- Uning ijodiy biografiyasi butun sovet adabiyotida eng qahramonona biogra fiyalarlan biri deb dadil ayta olamiz. Hamza asarlari koʻp yillar davomida yozuvchilarimiz va olimlarimiz tomonidan qunt bilan oʻrganiladi, chunki uning asarlaridagi jamiki narsalar kishini hayratda qoldiradi va toʻlqinlantiradi.
- Konstantin Simonov („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Uning ajoyib biografiyasini butun sovet adabiyotidagi eng qahramona biografiyalardan biri deb ayta olamiz.
- Konstantin Simonov („Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi, № 73 (19439), 12-mart 1986-yil)
- Oʻzbek sovet adabiyotining asoschisi Hamza Hakimzoda Niyoziyning nomi koʻp millatli sovet adabiyoti asoschilarining jangovar nomlari orasida alohida oʻrinni egallaydi... Katta qalb egasi boʻlgan Hamza qisqa, lekin odatdan tashqari yorqin umr koʻrib, oʻzining 40 yillik umri mobaynida inson isteʼdodi nimalarga qodir ekanligini koʻrsatibgina qolmay, shu bilan birta oʻzining nimalarga qodir ekanligini ham koʻrsatdi.
- Nikolay Tixonov („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Vladimir Mayakovskiy, Demyan Bedniy va revolyusiya tufayli bunyodga kelgan boshqa ulkan shoirlar rus poeziyasida novatorlik yoʻllarini izlagan oʻsha tarixiy davrda Hamza oʻzining milliy adabiyotida ana shu yoʻllarga asos soldi. Hamza muzika va teatr sanatida ham ana shunday muvaggarqiyat bilan yangi ijodiy izlanishlar olib bordi.
- Nikolay Tixonov („Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi, № 73 (19439), 12-mart 1986-yil)
- 1927 yili Hamza „Xotinqizlar ovozi“ sheʼrini menga taqdim etib, ashula qidib aytishimni iltimos qildi. Ashula ohangiga maftun boʻlgan Hamza menda talant borligini eʼtirof etdi. Shu yili meni Qoʻqon teatriga olib keldi. Uning daʼvati bilan paranjimni tashladim. U mening chinakam ustozim boʻlib qoldi.
- Lutfixonim Sarimsoqova („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Biz Hamzadan juda barvaqt judo boʻlgan boʻlsak ham, uning yaratishga ulgura olgan hamma asarlari oʻlmas ilhom bilan sugʻorilgandir. Uning ashula va dramalari qaysi bir tilda oʻqilmasin, oʻquvchini xuldi ohanrabo kabi oʻziga tortadi.
- Mirza Ibragimov („Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi, № 56 (12710), 6-mart 1964-yil)
- Для узбеков Хамза то же, что для русских Маяковский.
- Oʻktam Usmanov („Ogonyok“ jurnali, № 11, 1979-yil)