Kontent qismiga oʻtish

Hasan al-Basriy

Vikiiqtibosdan olingan
Hasan al-Basriy
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Hasan al-Basriy (taxminan: 642-yil; 15-oktyabr 728-yil) – ilk sunniy musulmon voiz, ilohiyotchi, tafsirchi, olim, qozi va tasavvufchi edi.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bir kishi ilm oʻrganib, soʻng uni boshqalarga oʻrgatishi ham amal hisoblanadi[1].
  • Birodarlarimiz biz uchun ahli oilamizdan ham qimmatliroqdir. Chunki ahlimiz bizga nuqul dunyoni eslatadi, birodarlarimiz esa – oxiratni![1]
  • Bir soatlik tafakkur kechasi bilan qoim turishdan yaxshiroq[1].
  • Ey odam bolasi, nega birodaringga hasad qilasan? Agar Alloh suyganligi sababli u bandaga ne’mat ato qilgan boʻlsa, sen Alloh suygan bandaga qanday hasad qilasan? Agar uning mol-davlat topishiga boshqa sabab boʻlsa (yaʼni, harom yoʻllar bilan topgan boʻlsa), oqibatda doʻzaxga eltuvchi boʻlgan mol-davlatning nimasiga hasad qilasan?[1]
  • Ey Odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi. Bittasi oʻng tarafingda turib yaxshiliklaringni yozadi, ikkinchisi chap tomoningda yomonliklaringni bitadi. Nimani xohlasang, qilaver. Vafot etganingda sahifang berkitiladi va qabringda boʻyningga osib qoʻyiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan[1].
  • Eng quturgan hayvon ham pishiq qarmoq bilan ilintirishga nafsingchalik loyiq emas[1].
  • Halovatni 3 narsadan – namozdan, Qurʼondan va zikrdan qidiring. Topsangiz, davom eting. Topa olmasangiz, bilingki, eshik yopiqdir[2].
  • Hammomga ikki izor bilan kirish durust. Birinchi izor avrat uchun, ikkinchisi – koʻz uchun, yaʼni koʻzini odamlarning avratidan toʻsish uchun[1].
  • Kimning kalomi hikmat boʻlmasa, u lagʻvdir, kimning sukuti tafakkur boʻlmasa, u sahvdir, kimning nazari ibrat boʻlmasa, u lahvdir (oʻyindir)[1].
  • Kim senga gap yetkazsa, bilginki, sening gapingni ham boshqaga yetkazadi[1].
  • Kishi ahli ayoliga ishlatish uchun qarz soʻrab, keyin uni uzishga harakat qilsa-yu shu qarz bilan vafot etib qolsa, Alloh taolo uning daʼvogarlarini rozi qiladi[1].
  • Men shunday insonlarni koʻrdimki, ular uchun dunyo hayoti shu sizlar kezib yurgan tuproqdan ham tuban. Dunyo ortdimi yo yoʻq boʻldimi, unga kulib boqdimi, bunga kulib boqdimi – hech ahamiyat bermaydilar[1].
  • Mo‘min degan oʻz nafsining hokimi boʻlmogʻi kerak. U nafsini Alloh uchun hisob berdiradi. Dunyoda nafs bilan hisob-kitob qilganlarning oxiratdagi hisob-kitobi osonroq oʻtadi[1].
  • Neʼmat berilgan paytda hamma bir xil. Sinov paytida esa hamma har xil[2].
  • Quyoshning har botishida bir parcha kamayishing bor[1].
  • Torlik-ziqnalik qilmanglar, aks holda sizlarga torlik qilinadi[1].
  • Toʻrtta narsa kishining muruvvatidan: tilining rostgoʻyligi, birodarlarining xato-kamchiliklarini kechirishi, ahli zamonining taniqli kishisiga saxovat qilishi, tanish va qoʻshnilarga ozor berishdan tiyilishi[1].
  • Yaxshi gap – amri maʼruf, nahiy munkar, qilmu avf, kechirim va shirin soʻzlardan iboratdir[1].
  • Yaxshi qoʻshni senga ziyon va tashvish yetkazmaydigan qoʻshni emas (aslida bunday qoʻshni ham yaxshi), balki sening yomonligingga chidab yashayotgan qoʻshnidir[1].
  • Shunday qavmlarni koʻrdimki, ayblari yoʻq edi. Lekin birovlarning aybini gapira boshlaganidan keyin, Alloh ularning oʻzlarini ham gunohkor qilib qoʻydi. Yana bir qavmlarni koʻrdimki, ayblari bor edi. Birovlarning aybini aytishdan tilni tiyishgan edi, Alloh ularning ayblarini yashirdi[2].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.