Kontent qismiga oʻtish

Heinrich Heine

Vikiiqtibosdan olingan
Heinrich Heine

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 13-dekabr 1797
Dusseldorf
Vafoti 17-fevral 1856
Parij
Qardosh loyihalar

Heinrich Heine (13 dekabr 1797-yil; 17-fevral 1856-yil) — olmon jurnalisti, esseisti hamda shoiri. U ayniqsa oʻzining lirik sheʼrlari bilan mashhurdir; bu sheʼrlarga koʻplab qoʻshiqlar bastalangan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Yozuvchi oxir-oqibat oʻz oʻquvchisiga oʻrganadi.
  • Odam qancha baland boʻlsa, kulgiga shuncha oson nishon boʻladi; maydalarni moʻljalga olish qiyin.
  • Nuqson katta boʻlsa, kamroq gʻazablantiradi.
  • Olmon tili aslida boy, lekin soʻzlashuv tilida ana shu boylikning oʻndan biridangina foydalanamiz. Fransuz tili esa aslida kambagʻal, lekin fransuzlar ogʻzaki nutqda uning bor imkoniyatidan foydalana oladi, shu bois ham amalda soʻzamollar.
  • Bahorning latofati koʻpincha qishda bilinadi — pechka yonida oʻtirib may haqida sheʼrlar yozasan.
  • Qahramonlar ketgan paytda maydonga masxarabozlar chiqadi.
  • Ayollarning nafrati ham muhabbat — faqat yoʻnalishi oʻzgargan.
  • Barcha sogʻlom odamlar hayotni sevadi.
  • Biz xalqning insoniy huquqlari uchun emas, ilohiy huquqlari uchun kurashamiz.
  • Muhabbat! U barcha tuygʻularning ulugʻi va viqorlisidir. Lekin uning qudrati hadsiz himmat va gʻayrishuuriy xolislik bilangina namoyon boʻladi.
  • Goʻzal qofiyalar koʻpincha oqsoq fikrlarning qoʻltiqtayogʻi boʻladi.
  • Auffenbergni oʻqimaganman. Menimcha, u Arlenkurga oʻxshasa kerak. Uniyam oʻqimaganman.
  • Axloq — yurakning oqilligidir.
  • Har bir odam — bir olam. Bu olam u bilan tugʻiladi va oʻladi. Har bir qabrda butun bir dunyo tarixi yotibdi.
  • Men biladigan yagona goʻzallik sogʻliqdir.
  • Butun boyligimni xotinimga vasiyat qilaman. Faqat bir shart bilan: u mendan keyin turmushga chiqishi kerak. Shunda dunyoda bitta boʻlsa ham mening oʻlimimga yigʻlaydigan erkak boʻladi.
  • Muhabbat qalbdagi tishogʻrigʻidir.
  • Har kim ahmoq boʻlish huquqiga ega.
  • Aqlli kishilar ichida fikrlaydi, ahmoqlar esa hammaga eʼlon qiladi.
  • Ayolni gulga ilk bor qiyoslagan kishi shoir edi, ikkinchi bor oʻxshatgan esa — merov.
  • Yoshlik fikr va oʻyda xolisdir, shu sababli haqiqatni chuqurroq anglaydi va his etadi.
  • Toʻy musiqalari menga doim urush oldidan chalinadigan dovulni eslatadi.
  • Tumshuqbogʻ tutilgan it orqadan huradi.
  • Oʻsha kunlarda menga har kim doʻst edi: ular ovqatimni, soʻnggi tiyinimni men bilan birodarlarcha boʻlishdilar.
  • Bekorchi odam toʻkis baxtni his qila olmaydi, uning yuzida hamisha norozilik va hafsalasizlik alomatlarini koʻrasiz.
  • Talantni birgina belgisida aniqlaymiz-qoʻyamiz, lekin xarakterni bilish uchun uzoq vaqt va davomli muloqot zarur.
  • Bizni yigʻlata olgan dramaturgni maqtashga odatlanganmiz. Biroq bu ishni har qanday piyoz uddalay oladi.
  • Tarjimon tugʻma isteʼdod egasi boʻlishi kerak. U kitobdagi eng muhim va eng yaxshi jihatni koʻrishi va koʻrsata bilishi zarur.
  • Tanqidning koʻzlari yoshdan xira tortgan paytda uning fikri ahamiyatga ega emas.
  • Kechmish — inson qalbining vatanidir. Baʼzida oldin tuygan hislarimizni qoʻmsab qaygʻuga botamiz. Baʼzan hatto oʻtgan dardlarimizni ham sogʻinamiz.
  • Iztiroblar — hatto tasavvurdagisi ham — menga ogʻriq beradi.
  • Mehr goʻzallikdan ustundir.
  • Yumorni aqlsizlar uyidan faqat panjara ajratib turadi.
  • Qilich taqib yurish urfdan qolgandan soʻng gapga ustalik qurolini olib yurish zarur boʻlib qoldi.
  • Buyuk ehtiros bizni ikkinchi bor yoʻqlab kelishi mumkin, lekin uning boqiyligiga keyin ortiq ishonmay qoʻyamiz.
  • Tugal nasriy asar yozish uchun sheʼr ilmining ham bilimdoni boʻlish zarur.
  • Buyuk shoirlarning asarlarida ikkinchi darajali qahramonlar yoʻq. Barcha ishtirokchilar oʻz oʻrnida bosh qahramondir.
  • Har bir davrning oʻz masalalari boʻladi, ularni yechib, insoniyat olgʻa qadam tashlaydi.

Manba

[tahrirlash]

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!