Kontent qismiga oʻtish

Hikmat

Vikiiqtibosdan olingan
Hikmat
Qardosh loyihalar

Hikmat — 1) Aql-zakovat, donolik va uning ifodasi boʻlgan, uni aks ettiruvchi narsa — gap-soʻz, fikr va shu kabi; donolik belgisi; 2) Tagini anglash qiyin boʻlgan, yashirin bir maʼno, yashirin bir sabab; sir.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek, ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi[1].

Har kimki ilm-hikmatni oʻrganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi boʻlsin, yaxshi axloq va odobli boʻlsin, soʻzining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan boʻlsin, xiyonat, makr-hiyladan uzoq boʻlsin[2].

Hikmat bilan sher boshiga chiqar chumoli,
Hikmat bilan nishdor ari beradi bolin[3].

Hikmatning alomati odamlar qadriga yetishdadir[4].

Kim bidʼat sohibi bilan oʻtirar ekan, Alloh taolo uni hikmatdan nari qiladi[5].

Kimning kalomi hikmat boʻlmasa, u lagʻvdir, kimning sukuti tafakkur boʻlmasa, u sahvdir, kimning nazari ibrat boʻlmasa, u lahvdir (oʻyindir)[6].

Qorin yemoqdan zavq oladi, aql esa hikmatdan.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 64.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 5.
  3. Tursun 2006, s. 63.
  4. Tursun 2006, s. 68.
  5. Tursun 2006, s. 55.
  6. Tursun 2006, s. 60.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 170.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.